Saytni Yuklab bo'lmadi
ONAJONIM u kunlar ötdi
Woldemor
2016 » Yanvar » 2
ONAJONIM u kunlar ötdi

Boshimizdan tashvishlar ketdi,
Orzularga qo'limiz yetdi,
Siz yig'lamang endi hech qachon,
Onajonim u kunlar o'tdi.
Pok niyatlar qildi tantana,
Uyimizga baxt keldi yana,
Yoningizda turibman mana,
Onajonim u kunlar o'tdi.
Ko'nglimiz ham qornimiz ham to'q,
Ustimiz but bir g'amimiz yo'q,
Yurtimiz tinch, baxtimiz to'liq,
Onajonim u kunlar o'tdi.
Yashnab yuring bog' bo'lib yuring,
Baxtimizga sog' bo'lib yuring,
Keksalikning gashtini suring,
Onajonim u kunlar o'tdi.
Utgan kunni eslab yig'lamang,
Joningizni ortiq tig'lamang,
Endi aslo g'amni yo'qlamang,
Onajonim u kunlar o'tdi.
Har kimsani sinaydi taqdir,
Eslaganda ezilar bag'r,
O'tib ketdi Xudoga shukur,
Onajonim u kunlar o'tdi.
Eh kimlardir qoldi uyatda,
Sabr qildik yetdik niyatga,
Omad kulib boqdi Ahadga,
Onajonim u kunlar o'tdi...
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 02.01.2016 13:05
zòr smile

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz