Saytni Yuklab bo'lmadi
Onamni yeglatma hudo
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 15
Onamni yeglatma hudo

Ölim farishtasi shifoxonada og'ir ahvolda behush yotgan bir mömin yigitning qoshiga keldi. Uning ruhini uyg'otdi: "Ey, banda, sen umringda zarra gunoh qilmading. Bas, yur senga jannat eshiklari ochiq. Men tomon 4 qadam tashlasang kifoya!" Ruh tanadan qözg'aldi. U tomirlariga turli tibbiy asboblar ulangan, oppoq choyshablarga burkangan öz tanasiga bir zum termulib qoldi. Keyin indamay farishta tomonga bir qadam tashladi. Shunda uning ortidan yig'i ovozi eshitildi. "Bu kimning yig'isi?",- farishtadan söradi ruh. -"Bu sening eng yaqin dösting. U sening ölimingdan 3 kun shunday yig'laydi". Ruh Allohdan döstiga uzoq umr söradi va farishta tomon yana bir qadam tashladi. Shunda uning ortidan avvalgidan kuchliroq boshqa bir yig'i ovozi eshitildi. "Bu kimning yig'isi?", - farishtadan söradi ruh. -"Bu sening ayoling. U ölimingdan 40 kun shunday yig'laydi". Ruh Allohdan ayoliga sabr-u saodat tiladi va farishta tomon yana bir qadam tashladi. Shu mahalda unga jannat eshiklari zohir böldi. Ruh jannat gözalliklaridan lol qolib bir zum töxtab qoldi. Shunda uning ortidan boyagilaridan ön chandon dardli yig'i eshitildi. "Bu kimning yig'isi?",- farishtadan söradi ruh. -"Bu sening onang. U ölimingdan umrining söngigacha shunday yig'laydi". Ruh bir ortiga qaradi, bir jannat tomon qaradi. Söng farishtadan söradi: "Men sen b- n ketishni xohlamasamchi?" "U holda senga yana jannatga kirish imkoni berilmasligi mumkin!" Ruh ortidan eshitilayotgan yurakni örtovchi g'amli yig'iga bir muddat quloq tutdi va dedi: "Agar ortga qaytmasam, qiyomat kunigacha onamning yig'isi quloqlarim ostida böladi. Axir qanday qilib onamni bu holida tashlab ketaman? Men ketmayman!" Ruh ortiga uch qadam tashladi. Farishta g'oyib böldi. Ruh tanaga qaytib kirdi. "Yurak ura boshladi!" Gulni bargidan qilsang xam JUDO, ONANI Bolam deb yig'latma XUDO..!
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 15.02.2016 16:22

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz