Saytni Yuklab bo'lmadi
ozodbek nazarbekov erkak
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 20
ozodbek nazarbekov erkak

Dunyoga keldikmi biling ey do'stlar, Ikki dushmani bor erkak kishini, Biri manmanlikdir, ikkinchisi til, To'xtatadi yurib turgan ishini. Dunyoga keldikmi biling ey do'stlar, Ikki do'sti bor erkak kishini, Biri oilasi va halol mehnat, Shular bo'lsa egib yurmas boshini. Dunyoga keldikmi biling ey do'stlar, Ikki omadi bor erkak kishini, Vafodor ayol va eng sodiq bir do'st, Yo'qsa hayot sindirar tishini. Dunyoga keldikmi biling ey do'stlar, Ikkita qarzi bor erkak kishini, Biri onasidan, biri vatandan, Shu ishga sarflasin bilak kuchini. Dunyoga keldikmi biling ey do'stlar, Ikki boyligi bor erkak kishini, Biri farzandidir, ikkinchisi bu: Xotirjamlik qaritmaydi yoshini. Dunyoga keldikmi biling ey do'stlar, Ikki qanoti bor erkak kishini, Birinchisi iymon, keyin sog'likdir, Shular keltiradi omad qushini. Dunyoga keldikmi biling ey do'stlar, Ikkita baxti bor erkak kishini, Ayol emas erkak bo'lib tug'ulgan, Ikkinchisi olar ayol xushini. Ahad Qayum aytar biling ey do'stlar, Ikki ustuni bor ijod ahlini, Biri chin muxlislar va istedotdir, San'atkor shulardan sezar baxtini. Dunyoga keldikmi biling ey do'stlar, Ikki dushmani bor erkak kishini, Biri manmanlikdir, ikkinchisi til, To'xtatadi yurib turgan ishini. Dunyoga keldikmi biling ey do'stlar, Ikki dushmani bor erkak kishini....
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 20.02.2016 00:02

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz