Saytni Yuklab bo'lmadi
Pavel Durov- Telegram va Vkontakte yaratuvchisi haqida
JasurKhan
2016 » Yanvar » 4
Pavel Durov- Telegram va Vkontakte yaratuvchisi haqida



Telegram va Vkontakte tarmoqlarining yaratuvchisi, 30
yoshida milliarder(rubl bo’yicha)
bo‘lgan rossiyalik dasturchi Pavel
Durov 1984 yil 10 oktyabrda
tug‘ilgan.
11 yoshidan boshlab Durov
dasturlashga qiziqadi va maktab
kompyuterlarining parollarini
osonlik bilan aniqlashga harakat
qiladi va bunga erishadi ham.
O‘sha paytlarda u dasturlashni
chuqur o‘rganib, maktabdagi
barcha kompyuterlarning
“заставка” larini dastur orqali
o‘zgartirib qo‘yadi.
2006 yilda Pavel Sank Peterburg
davlat universitetining filiologiya
fakultetini tamomlaydi,
universitetda o‘qish mobaynida
harbiy fakultetni ham tamomlab,
“zahiradagi leytenant” unvoniga
ham erishadi, u universitetni qizil
diplomga bitirib, shu yili Vkontakt
ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi.
Universitetda o‘qish mobaynida
u, ikkita internet proyekt yaratadi
(durov.com, Spbgu.ru), ikkalovi
ham o‘zining universiteti(SPbGU)
va Rossiyaning boshqa
universitetlari o‘rtasida referat va
ideyalarni almashish imkonini
beradigan proyekt edi.
Durovning o‘rtog‘i unga
facebook ijtimoiy tarmog‘ini
ko‘rsatadi va undan ruhlangan
Pavel, Rossiyaliklar uchun
facebookga o‘xshagan ijtimoiy
tarmoq yaratishga kirishadi, bu
proyektni dastlab u Student.ru
deb nomlamoqchi bo‘ladi, keyin
Vkontakt nomiga o‘zgartiradi
( har bir talaba baribir o‘qishni
bitiradi, ya’ni talabalik
maqomidan chiqadi deb
o‘zgartiradi). Vkonakte
yaratilgandan so‘ng(2006 yil 1
oktyabr), bu sayt faqat barcha
universitet talabalarining
anketalarini saqlash uchun
ma’lumotlar bazasi sifatidi ish
boshlagan, keyinchalik ijtimoiy
tarmoq sifatida rivojlanib ketgan.
Bu proyekt ustidan juda ko‘p
shikoyatlar bo‘lgan, sud bir
necha bor ish olib borgan,
buning sababi, avtorlik xuquqidir
ya’ni, sayt kontenti o‘g‘irlaganlik.
Pavel Durov, dasturlashga oid
xar hil chempionatlarda,
rossiyalik talabalar guruhlarini
qo‘llab-quvvatlab, moliyalashtirib
kelmoqda.
Qiziq ma’lumot, Durov 7
yoshacha «R» harfini ayta
olmagan ekan.
Pavel vegeteran hisoblanadi.
Undan tashqari alkogol
ichimliklardan, qimmatbaho
uylardan, avtomashinalardan
yiroqda yurar ekan. Ishga ham
metroda borar ekan, lekin
sayohat qilishni kanda qilmas
ekan.
O‘zining kumiri sifati Durov
Apple asoschisi Stiv Djobsni bilar
ekan.
Pavel 2011 yil, rossiyalik
milliarderlar ro‘yxatida 7.9
milliard bilan 350 o‘rinni
egallagan(wikipedia).
2012 yil Digital Life Design (DLD)
konferensiyasida Pavel Durov
Vikipediya on-layn
ensiklopediyasi uchun 1 million
dollardan voz kechadi.
2012 yil 19 noyabrda “Mann,
Ivanov va Ferber” nashryoti
Nikolay Kononovaning “Kod
Durova” deb nomlangan kitobni
chiqardi. Bu kitob Vkontakt
ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi
Pavel Durovga bag‘ishlangan
bo‘lib, xujjatlar va intervyular
asosida yozilgan.
AR Films kompaniyasi,
prodyusser Aleksandr Rodnyansk
boshchiligida, yuqoridagi kitobni
kino ko‘rinishida namoyon qilish
ruxsatini oldi va bu kino 2014
yilda ommaga taqdim etilishi
ko‘zda tutilgan.
2013 yil Durov “Digital Forest”
kompaniyasiga asos soladi va shu
kompaniya Telegram
messendjerini ommaga taqdim
etadi.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: JasurKhan
- Дата публикации: 04.01.2016 19:17
Ha qoyil
Fikrlaringizni kutamiz.

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz