Saytni Yuklab bo'lmadi
Qordagi armon
Jamik
2015 » Sentyabr » 4
Qordagi armon



Ukraina, 2011-yil. Yigit va qiz
mashinada ketib borishardi. Havo öta
sovuq, kuchli qor yog'ardi. Shahardan
qishloq tomon ketayotgan mashina
tun chökishi bilan yölni yoritishga
ojizlik qila boshladi. Aksiga olib bir hafta töxtamay yoqqan qor yölni
qoplab olgandi. Manzilga yaqin
qolganida mashina qiyaliklarning
birida sirpanib ketadi va yöl chetidagi
daraxtga borib uriladi. Yigit va qiz
jarohatlanishmaydi. Faqat ular qolgan 7-8 km masofani qanday bosib ötish
mumkinligi haqida öylashardi. Yaqin
atrofda boshqa boshpana yöq. Bu
chetki yöldan bunaqa havoda ötkinchi
mashinalar ham ötmasdi. Avvaliga ular
mashina ichida ötirib kutadilar. Lekin havo harorati -40 gradus atrofida
sovuq edi. Sovuq asta-sekin ularni
azoblay boshladi. Ustiga-ustak
hadeganda najot uchqunlari
körinavermasdi. Ular sovuqda kutish
befoyda ekanligini tushundilar va qolgan yölni piyoda bosib ötishga
qaror qildilar. Yarim tunga yaqin
vaqtda yigit va qiz qorli yöl uzra
oldinma-ketin ketib borisharkan, bir-
necha daqiqa ichida
oldindan
urayotgan öta dahshatli izg'irin ta'sirida oyoq va qöllari butkul
sovuqdan qotib qoladi. Bir soatcha
yurishgach ularning tanalarida sovuq
ta'sirida qon aylanishi ham sustlashib,
holsizlana boshlaydilar. Xatto ular öz
tanalarini sezmay qoladilar. Nihoyat qiz xushini yöqotadi.... Xushiga kelganida
u qishloqda, issiq uylarning birida
yotardi. Yigitni söragan qizga u 2 kun
oldin vafot etganligini aytishadi. Ösha
tunning ertasiga yöldan ötayotgan
yuk mashinasi haydovchisi qor ustida chözilib yotgan odam tanasini köradi.
Yaqin kelganida u yerda 2 kishi
ekanligini payqaydi. Qor ustida
yupqagina kiyingan yigit, uning
köksiga bosh qöygan holda yigitning
paltosiga örab qöyilgan qiz bexush yotardi. Ösha vaqtda yigitning yuragi
muzlab urishdan töxtab bölgandi...
Yigit paltosini yechib bexush qizni
örayotganida özining ölishi
mumkinligini bilardi. Bu ishni u
qahramonlik uchun emas, shunchaki tabiiy bir harakat sifatida ongli
ravishda bajargandi. Ehtimol ösha
ongli harakatni insonlar sevgi deb atashar...♥
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Jamik
- Дата публикации: 04.09.2015 23:25
zòr rr klasss zòr
zorrr klass xd
Manabu haqiyqiy sevgi
Qoyil mana buni sevgi desa böladi haqiqatdan ham
Ana sevgi

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz