Saytni Yuklab bo'lmadi
Ronaldu va Messi. 2015-yil sarhisobi
Woldemor
2016 » Yanvar » 19
Ronaldu va Messi. 2015-yil sarhisobi



Ronaldu va Messi qarama-qarshiligi 8 yildirki to‘xtamayapti. “Sports.uz” sayti har ikkala futbolchining 2015-yildagi natijalarini solishtirib chiqdi.
Golsiz o‘yinlar:
*.Ronaldu:27 (47 foiz)
*.Messi:26 (42 foiz)
Krishtianu 2015-yilda o‘tkazgan 57 uchrashuvining 27 tasida maydonni golsiz tark etgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, Ronaldu o‘yinlarining deyarli yarmida gol ura olmagan. Lionel 26 o‘yinda raqib posbonlarini ranjita olmagan. Argentinalik yil davomida 61 ta uchrashuv o‘tkazganini ham aytib o‘tish lozim.
Bitta gol urilgan o‘yinlar:
*.Ronaldu:16
*.Messi:21
Bir uchrashuvda bitta gol urish bo‘yicha Leo oldinda. Messi 21, Ronaldu esa 16 uchrashuvda darvozalarga bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Dubl:
*.Ronaldu:6
*.Messi:11
“Barselona” hujumchisi Leo Messi “dubl” kiritishda ham yaqqol yetakchilik qilmoqda. U asosiy raqobatchisidan deyarli ikki barobar oldinda.
Xet-trik:
*.Ronaldu:5
*.Messi:3
“Xet-trik”lar bo‘yicha esa Ronaldu ustun. Krishtianu yil davomida 5 marta, Leo esa uch bora bir o‘yinda uchta gol urgan.
Poker:
*.Ronaldu:1
*.Messi:0
Ronaldu Chempionlar Ligasida “Malmyo”ga qarshi bahsda raqib posbonini 4 bora ranjitgan holda,“poker”ga erishdi. Messi esa bu borada maqtana olmaydi.
Penta-trik:
*.Ronaldu:2
*.Messi:0
Leo 2015-yili “penta-trik” qayd eta olmadi. Ronaldu esa ikki bora bir uchrashuvda 5 ta gol urishga erishdi. Portugaliyalik Ispaniya chempionatida uyda “Granada” va safarda “Espanyol” darvozasiga beshtadan to‘p kiritgan.
Umumiy gollar:
*.Ronaldu:57 o‘yin – 57 gol
*.Messi:61 o‘yin – 52 gol
2015-yilda Ronaldu Messiga qaraganda ko‘proq gol urdi. Krishtianu Portugaliya termasida 3 va “Real” klubida 54 ta golni o‘z hisobiga yozidirib qo‘ydi. Messi esa Argentina termasi uchun 4, “Barselona” jamoasi uchun 48 ta golga mualliflik qildi.
Sovrinlar:
*.Ronaldu:0
*.Messi:5
Ronalduning shuncha gollari ham jamoasiga birorta sovrinni qo‘lga kiritish uchun yordam bera olmadi. Messi esa klubi bilan birgalikda beshta musobaqada zafar quchdi.
Xulosa
2015-yil individual jihatdan Ronaldu, jamoaviy yutuqlar borasida esa Messi uchun omadli keldi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil yakunlari bo‘yicha Lionel Messi “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 19.01.2016 15:58
Ey Ronaldo olsa yaxshi b6lardi

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz