Saytni Yuklab bo'lmadi
Samsung Display va LG Display kompaniyalari iPhone uchun OLED-ekranlar etkazib beradi
Woldemor
2016 » Yanvar » 4
Samsung Display va LG Display kompaniyalari iPhone uchun OLED-ekranlar etkazib beradi

Janubiy Koreyaning Samsung Display va LG Display kompaniyalari kelajak avlod iPhone smartfonlari uchun organik yorug'lik diodi asosidagi (OLED) ekranlarni etkazib beradi. Bu haqda Electronic Times nashriga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, kompaniyalar Apple bilan yakuniy kelishuvni tuzishga yaqin turibdi va umumiy hisobda OLED-mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun yaqin 2-3 yilda 12,8 mlrd dollar sarflamoqchi. Bunda AQSh kompaniyasi o'z hamkorlariga qo'shimcha moliyaviy ko'mak ko'rsatishi mumkin.
Hozirda o'zining bosh Samsung Electronics kompaniyasi va xitoylik ishlab chiqaruvchilarga OLED-panellar etkazib beruvchi Samsung Display bunday ekranlarni ishlab chiqarish uchun LG Display’dan ehtimol ko'proq buyurtma oladi.
Shu tariqa OAVlarda iPhone’larda OLED-displeylar qo'llanishi haqidagi navbatdagi mish-mishlar paydo bo'ldi. Noyabrda Nikkei gazetasi Apple bunday panellarni 2018 yildan tatbiq qilishini yozgan.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 04.01.2016 09:22

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz