Saytni Yuklab bo'lmadi
Sendan ketaman
Maqsudbek
2017 » Sentyabr » 19
Sendan ketaman

Balki bu soginchning so'nggi lahzasi, Balki dard nomasin so'ng bor bitaman... Mana shu bo'lsa gar ishqing lahjasi, Bo'ldi... Tugataman... Sendan ketaman... Qalbimda quyoshni ko'rmaysan boshqa, Shirin so'zlarimni ichga yutaman... Axir chegara bor sabr- bardoshga, Yolvorma... Endi kech... Sendan ketaman... Endi tunlaring ham oysiz, yulduzsiz, Nursiz ko'ngling uzra qolib netaman... Iznsiz, indamay, gapirmay, so'zsiz, Ortimga qaramay, Sendan ketaman... Endi o'ylarim ham sendan yiroqda, Yuragimni yolg'iz qo'lda tutaman... Mayli kuyib ketay otash-firoqda, Baribir, butunlay Sendan ketaman... Orzu-havaslaring siylov o'zingga, Taqdir yo'lagidan yakka o'taman... Qarshimdan chiqsang ham, boqmay ko'zingga, Qayrilib, manguga Sendan ketaman.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Maqsudbek
- Дата публикации: 19.09.2017 12:44

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz