Saytni Yuklab bo'lmadi
Senga Oshiqman: Qayg`urishmi yoki ko`rolmaslik?
MAJNUN_BEZ_LAYLI
2015 » Sentyabr » 26
Senga Oshiqman: Qayg`urishmi yoki ko`rolmaslik?

Ma'lumki, "Senga oshiqman" seriali katta bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda. Serialga qarata ko'plab tanqidiy fikrlar bildirilyapti. Shu o'rinda biz tomoshabinlarda birgina savol tug'ilmoqda "nega"? Nega aynan biz sevib tomosha qilayotgan, yakunini orziqib kutayotgan serialimiz bunchalik tanqid ostiga olinyapti? Buni xalq uchun qayg'uryotgan "xalqparvar"lar aytyaptimi yoki serial muvaffaqiyatini ko'rolmaydigan ko'rolmaslarmi? Birinchi bor tanqidiy maqolani o'qiganimda unda serialdagi bo'rttirishlar, o'zbek qizlarining Ishaniga taqlid qilishlari va hokazo bema'ni vaj bahonalar keltirilganini ko'rdim. O'sha "aqlli" tanqidchilar aytsinchi badiiy to'qimalar,bo'rttirishlar qaysi filmda yo'q? Bu serial boshdan oyoq milliy ruhda ishlangan. Hammaga ma'lumki, hind madaniyati va o'zbek madaniyati bir-biriga nihoyatda yaqin. 2 mamlakatni uzoq o'tmish bog'lab turadi. Menimcha bunaqa qarshi fikrlar hind xalqiga nisbatan o'taketgan hurmatsizlik. Bu tanqidlarga hech bir asos ko'rmadik. Ishaniga taqlid qilayotgan qizlarga kelsak, buni nimasi yomon?! Bizni mamlakatimiz hindlar bilan do'stona munosabatda. Bu degani hamma ularga ergashib ketdi degani emas- ku axir! Qizlar uchun chiroyli ko'ringan aktrisalar bir muddat go'zallik timsoliga, idealiga aylanadi. Albatta, keyingi ideallari paydo bo'lguncha. Bunga sabab esa tabiiyki ayollarning go'zallikka intilishlari. Buni hech bir yomon tomonini ko'rmadik. Axir o'zimizni butun dunyoni lol qilgan milliy matolarimiz, madaniyatimiz, liboslarimiz bor, xavotirga na hojat? Bizni matolarimizni boshqa xalq vakillari havas bilan kiyganda biz behad shod bo'lmaymizmi? Buyuk milliy madaniyatimizdan quvonmaymizmi? Faxrlanmaymizmi? Nega endi ular buni his etishmasin?! Bizni milliy madaniyatimiz necha asrlardan beri qanchadan qancha chig'iriqlardan o'tdi. Ammo o'lmadi. Ajdodlarimiz bizga o'lmas milliy madaniy meros qoldirib ketishgan. Mustaqil yurtimizning aqlli, uddaburon, vatanparvar yoshlari ushbu merosimizni asrab avaylashlariga hech bir shubha yo'q. Shunday ekan bo'lmag'ur tanqidiy fikrlar bilan xalqni sevimli serialini tomosha qilishlaridan mahrum qilish to'g'ri bo'larmikan azizlar? Samarqanddagi baxtsizlik barchani chuqur qayg'uga soldi.( albatta bu ko'rolmaslar to'qib chiqargan mish-mish bo'lmasa) Ammo bu aybni to'g'ridan to'g'ri serialga yuklash nohaqlik emasmikan? Axir bunday baxtsiz hodisa har qanday serial yoki film bilan sodir bo'lishi mumkin edi. Ammo bunga asosiy sabab avvalo farzandlarga nisbatan o'ta beparvolik va loqaydlik oqibati. Fikrlarim so'nggida "Yoshlar" telekanalidan iltimos qilardimki, agarda barchani mehrini qozongach, seriallarni to'xtatib qo'yadigan bo'lishsa umuman serial qo'yishmasin. Oddiy xalq barcha ishlarini tugatib endi maroq bilan mehr qo'yib madaniy hordiq uchun ko'rayotgan seriallari qiziq nuqtasida yakun topayotgani barchani xafsalasini pir qilyapti. Oddiy xalq talab va istaklari sizlar uchun ozgina ahamiyat kasb etsa so'zlarimizni inobatga oling va talabimiz- sevgan seriallarimizni yakunigacha namoyish eting! Muallif: H&B
Поделись с друзьями:

- Добавлен: MAJNUN_BEZ_LAYLI
- Дата публикации: 26.09.2015 10:00
gap yoqq
Umuman qanaqa seyalu umuman yaqshikas u Kino nerivinni qib qoyadi
Samarqand voqeasi nima buldi uzi
To'g'ri gaplarni yozipsiz

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz