Saytni Yuklab bo'lmadi
Seni soginaman
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 18
Seni soginaman

Seni sog'inaman, ko'zga yosh olib,
Chiroyli ko'zlaring, go'zal chehrangni.
Seni sog'inaman, o'rtanib yonib,
Ko'nglimda yo'qotib qo'ysam ohangni.
Sen ham eslaysanmi o'sha kunlarni,
Jonim, sen ham meni sog'inasanmi?
Bedorlikda yolg'iz quchib tunlarni,
Bir zum yodga olib og'rinasanmi?
Men qiynalib ketdim tushunyapsanmi,
Sensiz dunyolarda sensiz yashashdan.
Ko'zimni yumaman ochaman har tong,
Charchab, to'yib ketdim axir yig'lashdan.
Seni sog'inaman, ammo bu haqda,
Hech kimga hech qachon ayta olmayman.
Unutma hech qachon, o'lib qolsam ham,
Ortingdan men aslo izlab bormayman.
Jimgina yashayman daraxtlar misol,
Hech kimga dardimni doston qilmayman.
Doyim ko'zlaringda gul ochsin bahor,
Yolg'izim men senga baxtlar tilayman.
Ayting, nima qilay, qancha urinmay,
Taqdir yolg'izlikka hukm etgan bo'lsa.
O'zimning baxtimdek xursand yashayman,
Sening gulyoshlihing quvonchga to'lsa.
Azizim, orzular aldadi bizni,
Yoshlik va'dabozlik qildi yolg'onchi.
O'zim bilan o'zim sirlashib yashab,
Hech qachon sotmayman qalbim ishonchin.
Seni sog'inaman, kechir Ahadni,
Sevgi saroyida kishandband mahbus.
Tutashmagan ekan taqdir yo'limiz,
Burga bo'lolmadik sevgilim afsus.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 18.03.2016 22:19

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz