Saytni Yuklab bo'lmadi
Sevgi satrlari
66542
2015 » Dekabr » 4
Sevgi satrlari

Tun uyg'onib yulduz kulganda,
Oyga boqib hayol suraman.
Aytib olay payti kelganda,
Men sizni baribir sevaman.
Bir zumga tutashsa nigohlar,
Yurakni egallar titroqlar,
Garchi ko'p o'rtada firoqlar,
Men sizni baribir sevaman.
Gullarga to'lsin-a chakkangiz,
Qovog'in uymasin otangiz,
Urmasin, tushunsin akangiz,
Men sizni baribir sevaman.
Labingiz g'unchaga dugona,
Yanoqlar kulchaga dugona,
Yuragim ichida yagona,
Men sizni baribir sevaman.
O'zgalar gul tutsa olasiz,
Siz kimning ishqida yonasiz,
Bir kuni tushunib qolasiz,
Men sizni baribir sevaman.
Tun uyg'onib yulduz kulganda,
Tomda yotib hayol suraman.
Aytib olay payti kelganda,
SEVAMAN, SEVAMAN, SEVAMAN...
Поделись с друзьями:

- Добавлен: 66542
- Дата публикации: 04.12.2015 20:20

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz