Saytni Yuklab bo'lmadi
Sevmaganlar qaramasin
Mashhurbek
2015 » Oktyabr » 7
Sevmaganlar qaramasin

Meni mahkam bosgin erkam bag'ringga,
Bor quvonching bo'layin dunyoda doim.
Sevmaganlar qaramasin, boqmasin bizga,
Sevmaganlar bizni bilmas, tushunmas jonim.
Ular hech ham bilmas hijron neligin,
Anglamaydi nedan qalblar kuyunar.
O'ylamagan asli borliq hayotda,
Go'zal muhabbatdan bahtlar tug'ilar.
Qo'llarimdan tutgin bugun, olis ketaylik,
Taqdir hijronlarga sololmasin hech.
Orzularimizga jonim birga yetaylik,
Dushman holimizdan kulolmasin hech.
G'animni o'zingga sirdosh bilmagin,
Sirlaring bilib so'ng, cho'qiydi ko'zing.
Ko'zlarimga ishon, ular aldamaydi hech,
Yaqindan yaqining bo'layin o'zim.
Mehribonim meni bosgin bag'ringga,
Vafodoring o'zim bo'layin doim.
Sevmaganlar qaramasin, boqmasin bizga,
Sevmaganlar bizni bilmas, tushunmas jonim...
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Mashhurbek
- Дата публикации: 07.10.2015 16:47
Ажойиб
zòr
Yaxshi menga yoqdi

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz