Saytni Yuklab bo'lmadi
Shaxsiy Biznesni necha yoshda boshlagan ma'qul
Woldemor
2016 » Yanvar » 8
Shaxsiy Biznesni necha yoshda boshlagan ma'qul

Navbatdagi Mark Sukerberg bo‘lish uchun yoshingiz ancha katta deb o‘ylaysizmi? 30 dan oshib, ishga yaroqsiz holga keldim, degan fikrdamisiz? Faktlar hamda olimlar tadqiqotlari buning aksini ko‘rsatmoqda. Mark Pinkus Zynga (o‘yinlar uchun dunyodagi eng katta ijtimoiy platforma)ga 41 yoshida asos solgan; Rid Xoffman Linkedin (biznesmenlar uchun ijtimoiy tarmoq)ni yaratganida 36 yoshda bo‘lgan; Mark Benioff 35 yoshligida Salesforce (CRM-tizim)ga asos solgan; Robert Noys Intel’ni 41 yoshida 39 yoshli Gordon Mur bilan birga ishga tushirgan; Qualcomm (mobil telefonlar uchun protsessorlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi texnologik kompaniya)ni ishga tushirganida Irvin Jeykobs 52, Endryu Viterbi esa 50 yoshda bo‘lgan. Olimlardan yana bir nechta faktlar: Katta yoshli tadbirkorlar yosh hamkasblariga nisbatan ancha muvaffaqiyatliroq Ular katta tajriba, keng aloqalar va o‘z mavzusi bo‘yicha har tomonlama bilimlarga ega bo‘lgani tufayli, ko‘pincha muvaffaqiyatli biznesni ishga tushira oladi. Bu ma’lumot 549 ta muvaffaqiyatli texnologik kompaniyalarni tahlil qilib chiqqan Duke University tadqiqotlariga asoslangan. Ushbu kompaniyalar asoschilarining o‘rtacha yoshi 40 yoshga yaqin, shunday ekan, “Sukerberg va uning kompaniyasi” qoidadan ko‘ra, istisno desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Odamning yoshi kattaroq bo‘lsa, miya ham yaxshiroq ishlaydi Keksayish muammolari bo‘yicha UCLA Center direktori va “Xotira injili: miyani yosh holicha saqlashning innovatsion strategiyasi” kitobi muallifi Geri Smol aytishicha, 40—50 yoshlilarda miya faoliyati faqat yaxshilanadi. Yaxshiroq fikrlaymiz va innovatsion qarorlar qabul qilish qobiliyati o‘sib boradi. 50 yoshga kelib, raqobatga intilish faqat kuchayadi Buni Oregon universiteti tadqiqotlari tasdiqladi. Bunday natija olimlarning o‘zini ham hayratga soldi, ular teskari natijani, ya’ni ushbu ko‘rsatkich 25 yoshdan keyin pasayishini kutgan edi. Tavakkalchilikdan qo‘rqmaslik esa o‘z kompaniyasini ishga tushirayotgan kishi uchun juda muhim. Shunday ekan, o‘z miyangizni sog‘lom tuting, uni aqliy va ijodiy jihatdan rivojlantiring. Va agar siz tadbirkor bo‘lish uchun yaratilgan bo‘lsangiz, muvaffaqiyatning o‘zi sizni izlab keladi. Oxir-oqibat, odamning yoshi — shunchaki raqam.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 08.01.2016 09:25

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz