Saytni Yuklab bo'lmadi
Sher
Woldemor
2015 » Noyabr » 21
Sher

O'zga uyga yig'lab ketar
bo'ldingizmu
Xudo bersin baxtingizni
singillarim
Qizi bor uy karvonsaroy
bozor ekan
Qizi borning savdolari
bisyor ekan
Tayyoriga kelgan yanga
ayyor ekan
Ota uyda qo'shday ruhi
yengillarim
Xudo bersin bahtingizni
singillarim
Siz edingiz bolalikdan
hamrohimiz
Har yaxshiyu yomon kunda
ogohimiz
Endi oyda bir uchrashar
nigohimiz
Xudo bersin bahtingizni
singillarim
Kuzatar chog' sizni
xatto eng bag'ritosh
Otalar ham bo'zlab
qoladi ko'zida yosh
Sizga bo'lsin shirin
g'amlar bo'lsin yo'ldosh
Ota uyda qo'shday ruhi
yengillarim
Xudo bersin bahtingizni
singillarim
Qiz chog'ingiz go'yo
oqdi anhorlarga
Quchog'ingiz to'ldi
bugun yor-yorlarga
Oq tonglarni o'rang endi
ohorlarga
Xudo bersin bahtingizni
singillarim
Sovchi so'rab kelguncha
to qo'lingizni
Ololmaymiz guldan nozik
ko'nglingizni
Chaqaloqlar obod qilsin
uyingizni
Xudo bersin bahtingizni
singillarim
Tin oladi xatto quyosh
ufqqa botib
Sizchi tunni o'tkazasiz
alla aytib
Har ne bo'lsa ko'z yosh
bilan kelmang qaytib
Xudo bersin bahtingizni
singillarim
Qo'sh beshiklar endi
yolg'iz sirdoshingiz
Toshdan bo'lsin endi
sabr bardoshingiz
Marjon bo'lib
to'kilmasin
ko'zyoshingiz
Ko'ray yuksak
tahtingizni singillarim
Xudo bersin bahtingizni
singillarim
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 21.11.2015 14:51

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz