Saytni Yuklab bo'lmadi
Sher
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 16
Sher

Dunyoga Nega Keldik Ibodatni Bilmasak. Yaratgan Alloh Uchun Nahot Sajda Qilmasak. Molu Dunyo Dardida Gunohlarga Botamiz. Qasrdek Uy Qursak Ham Qabrlarda Yotamiz. Alloh Bizni Yaratdi, Ibodatni Farz Qildi. Rasulin Ustoz Aylab, Quronni U Dars Qildi. Musilmonman Deymizu, Sajda Nima Bilmaymiz. Masjidlardan Uzoqmiz, Quron Hatm Qilmaymiz. Umr O'tar Bir Zumda, Axir Dunyo Besh Kunlik. Namoz O'qish Tekindir, Masjid Emasku Pullik. Biz Allohga Quldirmiz, Baxtimizdir Bu Qullik. Namoz Bizga Farz Bo'ldi, Bo'ynimizda Qarz Bo'ldi. Namoz Kofir Muminni, Ajratuvchi Pardadir. Namozxonga Namozi, Qiyomatda Daldadir. Qiyomatda Namozi, Mumin Uchun Hujjatdir. Benamozlik Bu Dahshat, Qiyomatda Kulfatdir. Hash Pash Deguncha Umr, O'tadiyu Ketadi. O'limning Uchqur Oti, Bir Kun Quvib Yetadi. Buguncha Biz Tirikmiz, Erta Qabr Kutadi. O'zini Mumin Bilgan, Namozni Do'st Tutadi. Benamozlik Bu Dahshat, Hisobi Mushkul Kechur. Benamozlar Dözaxda, Qaynoq Suvlarni Ichur. Qabrda Benamozni, Ulkan Qiynoq Kutadi. Qiyomatda Benamozni, Do'zax Albat Yutadi. Benamozlik Bu Kulfat, Kofirlikdan Nishona. Naxot O'tar Umrlar, Sajda Ko'rmay Peshona. Benamozlik Musibat, Benamozlik Yomondir. Benamozlik Allohga, Ochiq Oydin Isyondir. Kunda Besh Mahal Mumin, Ibodatin Qiladi. Bundan SHayton Alamda, Yuz Betini Yuladi. Buni Körib Allohim, Jilmayibon Kuladi. Biling Do'stlar Alloh Ham, Muminlarni Suyadi. Qullik Qilgay Namozxon, Allohga Sajda Qilib. Qiyomatda Namozxon, Kirar Jannatga Kulib. Hisobi Ham Yengildir, Sabab Mumin Hujjatli. Qiyomatda Namozxon, Beshak Bo'lur Hurmatli. Namozxon Baxtli Erur, Unga Maskan Jannatlar. Namozxonga Quron Do'st, Topar Undan Hikmatlar. Alloh Bilan Muloqot, Namozxonda Bo'ladi. Namozxonlar Dunyodan, Iymon Bilan O'ladi.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 16.02.2016 00:45

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz