Ög'ilning Otaga mexri yöq qarang, Akaning ukaga qadri yöq qarang, Qorindan talshib tushgan jigarlar,Onasin yöqlashga vaqti yöq qarang, Sizlarga ne böldi odamlar bugun, Orada oqibat yöqoldi nechun? Bowinga qönganda davlat qushiomad, Atrofingda tölar soxtadöst ulfat, Ölikmi tirikmi deb bir yöqlamas, Yelkanga ozgina tushganda kulfat, Naxotki sotarlar döstni pul uchun, Örtada oqibat yöqoldi nechun? Jon qöshning yilda bir olmasa xabar, Yaqinlar chetelda yursa darbadar, Jigaring ozgina yaxshilik qilib, Salomni minnatdan boshlasa agar, Naxotki mol dunyo odamdan ustun, Orada oqibat yöqoldi nechun? Bu millat mexrdan qaddin rostlagan, Vatanning yuziga oyoq bosmagan, Sayyoxlar atayin qurib ketardi, Özbek darvozaga zanjir osmagan, Ox, qulflar osildi qalbda qorg'oshin, Orada oqibat yöqoldi nechun? Onaga talpingan gödakdek shogirt, Ulug' ustozining ta'limin olib, Sal ötmay raqobat tishlarin qayrar, Ustozini bor ilmini egalab bölib, Bir iflos manmanlik bulgabdi ichin, Ado etolmabdi qasamin burchin... Ey Döstlar besh kunlik dunyo ötkinchi, Yashamoqdan mano nedur aytingchi, Xayvondek nafs quvsa inson bolasi, Vijdon kuyib ketsa dilning tayanchi, Xechkim bölaolmaydi dunyoga ustun, Orada oqibat yöqoldi nechun? Sevgan oshiqlarda vafo qolmadi, Yoshlar muxabbatning darsin olmadi, Erkakmijoz ayollarning yuzini, Ayolmijoz erkaklar körolmadi, Seza olmadilar libosda ichin, Ö Örtada oqibat yöqoldi nechun? Otasidan olib tarbiyayu pand, Onasin bag'rida ulg'ayib farzand, Eshigini yopsa norozi qilib, shayton sherik bölar non dasturxonda, Baraka unmaydi ul xonadonda