Saytni Yuklab bo'lmadi
So'ngi yaproq.
Jamik
2015 » Sentyabr » 4
So'ngi yaproq.



Shahar markazidagi köp qavatli
uylarning birida ko'zlari moviy,
sochlari tim qora, yanoqlari qizil, go'zal
bir qiz yashardi. U sira
jilmaymas, doim g'amgin yurardi.
Chunki u og'ir hastalikka chalingan va öz ölimini kutardi. U har kuni deraza
oldida o'tirib, uyi qarshisidagi bir
daraxtga termulardi. O'ziga-o'zi shu
daraxt barglarini to'kib
bo'lganida, men olamdan ko'z
yumaman deb ishonardi. Oradan vaqtlar ötib kuz keldi va
daraxtning barglari asta- sekinlik bilan
to'kila boshladi. Qiz bölsa kun sanab
daraxtga tikilib ötirardi. Ötayotgan har
bir kun göyoki oxirgisi böladigandek
tuyulardi unga. Barglarning tezroq tökilib, bu azoblardan tezroq xalos
bölishni istardi. Nihoyat qish kelib
daraxtda qöl b-n
sanarli bir-necha yaproq qoldi. Qizning
bölsa rangi sönib borar, umidsiz
yashashda davom etardi. Nihoyat daraxtda bittagina barg qoldi. Qiz shu
kuni har doimgidan
ham ma'yus va sölg'in edi. U tun
chökkanida, ertangi kun bu hayotni
tark etaman deya yostiqqa bosh
qo'ydi. Shu kuni tunda qattiq shamol bo'lib, yomg'ir yog'di. Tong otib qiz
uyg'ondi va nafas olayotganligini, hali
tirik ekanligini öylab, nima bo'lganiga
tushunmasdan deraza qarshisiga
bordi. Daraxtdagi sönggi
yaproq xuddi kechagidek, sovuq shamolda tebranib turardi. Qiz jimgina
nigohini yaproqdan
uzdi va ertangi kunni kuta boshladi.
Ertasi kun yana tongda uyg'onib
deraza tomon shoshildi. Zafaron barg
hamon öz joyida mag'rur turar, uning bu turishi qizni hayron qoldirardi.
Ertasiga, ertadan keyin, va undan
keyin ham... Barg xuddi hech qachon
tökilmaydigandek edi. Qiz nima
bölayotganligiga tushunmas, lekin
uning ham osonlikcha jon bergisi kelmas, hech bölmasa shu bargchalik
yasha u-n kurashgisi kelardi. Unda
hayotga ishonch uyg'ongan va eng
muhimi yashashda davom etardi... Shu
tariqa bahor kelib daraxt yangidan
kurtak chiqara boshladi. Shifokor qabulida bölgan qiz
tuzala boshlaganligini
eshitib sevinardi. U ösha kuni nihoyat
najotkor yaproqqa qarab tabassum
qilib qöydi... Bu voqea möjiza va bir vaqtning özida
möjiza emas edi. Möjizaligi shundaki,
bu hodisa tufayli hayotdan umidi
uzilgan bir qiz hayotga qaytdi, möjiza
emasligi esa bu hodisaning asl
sababchisi bilan bog'liq edi. Qizning uyi röparasidagi köp qavatli
uyda bir rassom yigit yashardi. Yigit
röparadagi uyda
yashovchi közlari moviy, sochi tim
qora, lekin sira kulmaydigan gözal
qizni yoqtirardi. U qizni har kun soatlab kuzatar, uning suratini chizishni istar
va bu surat asarlari
ichida "shoh asar" bölishini orzu
qilardi. U qizni kulib turgan
chehrada suratda tasvirlashni va bu
orqali qizga tabassum naqadar yarashishini aytishni istardi.
Bir kuni u qizning og'ir
hastaligini va röparadagi daraxt
barglari tökilib bölgan kun joni
uzilishiga ishonishini bilib oldi. U
qizning ma'yusligidan siqilar, uning uzoq yashashini, baxtli
bölishini istardi. Qish kelib daraxtda
bitta yaproq qolganida u qizda
yashashga umid
uyg'otish yölini topdi. U haqiqiysidan
farq qilmaydigan darajada öxshash barg rasmini chizib, sönggi tunda unda
daraxt shoxiga mohirona örnatib
qöydi. Shu kuni kuchli yomg'ir yog'di.
Tongda qizning hayratini körib, öz
ishidan sevindi. Ertasiga, ertadan
keyin, undan keyin ham... Yigit har kuni bargni almashtirib turardi, sovuq
kunda ham, qor yog'ganda ham... U
qizning yashab ketishiga astoidil
harakat qilardi. Bahor kelgach,
qizning yuzida ilk marta kulgu kördi. U
endi nihoyat özining "shoh asari"ni chizishi
mumkin edi..
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Jamik
- Дата публикации: 04.09.2015 09:49
yaxshiii
Tasanno ofarin zör
Zor yigitning sabriga besh kettim
zòr ku, juda ham har kim xam bunday qilolmaydi
manga juda juda juda yoqdi
Zorakan klass

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz