Saytni Yuklab bo'lmadi
Studentlarga
Malika
2016 » Fevral » 5
Studentlarga



Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Eng avval ko'chirish san'atin o'rgan!
Axir oson emas domlani aldash, U ham sendaylardan mingtasin ko'rgan.
Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Majbursan qo'lingga kitob olishga.
Yoqmasligi mumkin ma'ruzalar sal,
Faqat o'rganmagin uxlab qolishga!
Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Birinchi paraga kela ko'rma kech!
O'sha dars qanchalik muhim bo'lmasin,
Bir para tik tursang, foyda bermas hech.
Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Kamgap, kamsuqumlik bunda ketmaydi.
Hech yo'q domladan hol-ahvol so'rab tur,
Yo'qsa oxirida baling yetmaydi. Student bo'ldingmi, yo'l yo'q,
Internet kafega navbatga yozil. Besh o'nta referat, taqdimot qilish,
Bilib qo'ygin, senga emasdir hazil!
Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Sessiya bir kunlik imtihon emaaas.
Domla: "Falonchiyev, zachyotkangni ber,
Ayt, senga necha ball qo'yayin?" demas.
Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q,
Shularni o'ylaymiz, bedor tunimiz.
Ilohim, bizlarga havas qilganning
Boshlariga tushsin bizning kunimiz!
Student bo'ldingmi, orqaga yo'l yo'q ..
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Malika
- Дата публикации: 05.02.2016 18:33
hmmm

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz