Saytni Yuklab bo'lmadi
Sulton uvays tog'idagi mashhur ziyoratgoh
Beruniy59
2015 » Oktyabr » 12
Sulton uvays tog'idagi mashhur ziyoratgoh



Sulton Uvays Bobo majmui— Beruniy tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (17—19a.lar). Sulton Uvays (asl ismi Suhayl ibn Omir ibn Rumon ibn Nohiya ibn Murod) Yamanning Qaran qishlogʻi Murodiy qabilasida (mil. 625 y.da) tugilgan. Hazrati Ali va Muoviya askarlari oʻrtasidagi Siffin jangi (657 y.)da 32 yoshida shahid boʻlgan.
Suriyaning Sofa qishlogʻida dafn etilgan. Sulton Uvays hadislar yigʻish bilan shugʻullangan (7a. 1-yarmi). Uning izdosh muxlislari 17-asrda ramziy kabr (Shohabbos hozirgi Beruniyda) va ziyoratgoh bunyod etishgan. Olloqulixon shayxga atab katta masjid va alohida 10 ta chillaxona qurdirgan (19-asr). Majmua toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (21,5x53 m), shimoldan — janubga tomon yoʻnaltirilgan. Sulton bobo maqbarasi, keyinchalik bunyod etilgan (asosan, gumbazli) maqbaralar va b. atrofi gʻishtin devor bilan oʻralgan hovlining shimoliy qismida joylashgan.
Janubda masjid, ayvon, xujra va mehmonxonalar bor. Majmuaga gʻarbdan kiriladi. Sulton uvays bobo majmui oʻrta asr Xorazm meʼmoriy anʼanalari asosida (pishiq gʻishtdan) qurilgan. Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan ziyoratxona, kirish qismi taʼmirlangan (2002).
Sulton Uvays bobo maqbarasi Amudaryoning quyi tomonidagi aholining eng sevimli joyi bo‘libgina qolmay, balki sayyohlik markazi hamdir.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Beruniy59
- Дата публикации: 12.10.2015 14:25
Men wu joyga yaqin joyda turaman
raxmet maliwmat ushin
Axa manam bir borishim kere
Rahmat Beruniy59 ma'lumot uchun
Men ham ziyorat qilganman zo'r qadamjolar

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz