Bir yigit ish izlab-izlab oxiri bir joydan ish topibdi.... Korxona rahbari yigitni suhbatga chaqiribdi. Xullas, Korxona direktori bir oyda yigitga bir million so'mlik maosh taklif etibdi. Ammo yigit bunga rozi bo'lmabdi, balki, avvalda kunlik juda kam maosh olishini aytibdi. Rahbar: - Qancha maosh olishni istaysan?- deb so'rabdi. Yigit: - Menga kunlik ish haqi berasiz. Rahbar: Mayli, u holda kunlik necha so'm olishni istaysan? Yigit: Birinchi kun 1 so'm olaman, va har kun maoshimni ikki baravar ko'paytirasiz. ya'ni birinchi kun 1 so'm, keyingi kun 2 so'm, keyingi kun 4 so'm, keyingi kun 8 so'm va hokazo. xullas har kunlik oladigan pulim avvalgi kunga qaraganda ikki marta ko'p bo'lishi kerak. Rahbar: rosttan ham shu arzimagan pulga rozimisan? nahotki birinchi kuniga 1 so'mga rozi bo'lsang. Yigit: Ha, oyligimni 1 so'mdan boshlang va har kun oshirib borasiz.. Rahbar: tushunarli, hech muammo yo'q Xullas, Yigitni ishga olishibdi, kelishilgandek, birinchi kun 1 so'm, ikkinchi kun 2 so'm, uchinchi kun 4 so'm, to'rtinchi kun 8 so'm, beshinchi kun 16 so'm, keyingi kun 32 so'm va hokazo maosh ola boshlabdi. Ammo, hali 1 oy o'tmay turib yigitning maoshi shu qadar ko'payib ketibdiki hatto korxona u yigitga maosh to'lashga qiynalibdi. natijada butun korxonani sotsalar ham yigitga kelishilgan maoshni berolmaydigan bo'lishibdi. Savol: Bir oy davomida yigit necha pul maosh olishi kerak? Javob:.?. Albatta bu aqlingizni charxlashga katta yordam beradi qani qani kim birinchi topadi? Matematiklar qo'lingizga darrov qog'oz va kalkulyator oling