Saytni Yuklab bo'lmadi
Uyali telefondan foydalanish qoidalarini bilasizmi?
Beruniy2700
2015 » Dekabr » 10
Uyali telefondan foydalanish qoidalarini bilasizmi?



XXI asr — axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan davr. Xususan, uyali aloqasiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Biroq telefondan uzzukun foydalanish ham zararli. Bu zararni kamaytirish uchun quyidagi ayrim tavsiyalarga amal qilinsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.

1. Suhbat 5 daqiqadan ortiq davom etmasligi va suhbatlar orasidagi vaqt 15 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak.

2. Suhbat davomida mobil telefonni boshdan 3 sm.dan yaqin bo‘lmagan masofada ushlang, chunki bu oraliq masofada telefon o‘zidan maksimal darajada nur tarqatadi.

3. Telefoningiz elektr tarmoqdan quvvat olayotgan paytda gaplashmang! Signal bu paytda ko‘p marotaba kuchayadi va bu nurlanish quvvatini oshiradi.

4. Telefonni iloji boricha tananing kam himoyalangan a’zolaridan uzoqroq tutishga harakat qiling. Masofaning uzoqlashishi nurlanishni kamaytiradi. Telefon apparatini sumkada olib yurishni maslahat beramiz. Hattoki telefondan foydalanilmaganda ham tarmoqlararo ma’lumot almashinib turadi.

5. Aloqaga ulanmaguncha telefonni quloqqa olib bormang: telefon displeyida suhbat boshlanganini ko‘rganingizdan keyin quloqqa yaqinlashtirishingiz mumkin.

6. Telefon orqali aldamang va urishmang. Stress holati elektromagnit nurlanish ta’sirini kuchaytiradi.

7. Mashina yoki avtobusning ichida mobil telefondan foydalanmang, chunki elektromagnit to‘lqinlar metall korpusdan qaytib bir necha bor kuchayadi.

8. Chaqmoq paytida telefondan foydalanmang. Sababi, telefondan foydalanayotgan insonni foydalanmayotgan insonga nisbatan chaqmoq urish ehtimoli yuqori.

9. Bolalarning telefondan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang. Bolalardagi bosh suyagi juda yupqa, ularning miyasi esa shakllanish bosqichida.

10. Dars jarayoni va turli tadbirlar oldidan telefonni o‘chirib qo‘ying. Chunki nurlanish atrofingizdagilarga zarar yetkazishi bilan birga, axloqiy madaniyatga ham to‘g‘ri kelmaydi.

Manba : www.Moqina.Net
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Beruniy2700
- Дата публикации: 10.12.2015 15:19
яхши

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz