Saytni Yuklab bo'lmadi
→ Xatoo
Jamik
2015 » Sentyabr » 3
→ Xatoo



Qiz öz xonasida u yoqdan bu yoqqa tez-tez yurardi. Asabiylashganligidan barmoqlarini qisardi. Bugungi kechaga borish uchun ruhsat berishmagan ota-onasidan jahli chiqardi. Tög'rida, voyaga yetgan bölsa, har kuni ham bölavermaydiku bunaqa kechalar. U yerda dugonalari, döstlari, eng muhimi esa u - sevgan yigiti böladi. Ota-onasi esa qiz bolaning yarim kechasi restorandagi ziyofatga borishi yaxshi emasligini aytishdi. Unga nisbatan adolatsizlik qilishdi. Ayniqsa onasining qizini xonasiga kelib aytgan gapi qizni asabiylashtirardi. Hammasi yaxshilikka emish. Qanaqasiga yaxshi bölsin, hamma yaqinlariga qöshilib oyda-yilda bir yayrab dam ololmasa? Qiz nihoyat, ota-onasiga aytmasdan derazadan chiqib ketishga qaror qildi. Ota-onasi sezishmasa bas. Kiyinib, uyda ota-onasi uxlaydigan vaqtda derazadan sekingina chiqib ketdi. Restoranga kelib, bazm xursandchiligiga qöshildi. Sevgan yigiti bilan uzoq suhbatlashdi. Soat yangi kun boshlanganini körsatgan vaqtda qiz ketishga chog'landi. Yigit uni kuzatib qöyishini aytdi. Qiz taksi chaqirishini, yigit köp ichib yuborganligini va mashina hayday olmasligini aytsada, anchagina mast bölishga ulgurgan yigit uni eshitishni istamadi. Nailoj, qiz mashinaga ötirdi. Köcha böylab harakatlanishar ekan, qiz yigitdan sekinroq haydashini söradi. Ammo yigit uni eshitadigan ahvolda emasdi. Shu asnoda qarama-qarshi tomondan avtomobil farasi yorug'i yigitning közini qamashtirib yubordi. Mashina polasadan chiqib ketdi va qarshisidan kelayotgan boshqa avtomobilga urilibdi... Qiz közlarini ochganida tepasida xamshira turardi. Qizning hamma joyi og'rir, qöl-oyoqlarini qimirlatolmas, boshi bint bilan bog'langandi. U zörg'a xamshiradan ruldagi yigitga nima bölganligini söradi. Xamshira yigit voqea joyida vafot etganligini aytdi. Qiz ular urilgan mashinadagi odamlar haqida söradi. Unda ham ikki kishi bölganligini va ular ham halok bölganligini bilgach, afsuslandi. Özining ham ahvoli og'irligini sezib, tirik qolmasligini tushundi. Xamshiraga pichirlab gapirardi: "Opajon, iltimos, ota-onamga meni kechirim söraganligimni aytib qöying... Men ularni gaplariga quloq solishim kerak edi. (Qiz gapirishga tobora qiynalardi) Bilasizmi... men... men ista...istamagandim. Ularni yaxshi körishimni ham ayting. Aytasiz... Aytasiza?" Xamshira namlangan közlari bilan unga jim termulib qoldi. Qizga javob bermadi. Uning qölini mahkam qisib oldi. Ikki daqiqadan keyin qizning joni uzildi. Shunda boshqa bir xamshira undan nimaga gapirmaganligini söradi. U esa qizning jonsiz yuziga termulgan köyii shivirladi: "Qizga ular urilib ketgan avtomobilda halok bölganlar uning ota-onasi ekanligini aytgim kelmadi..."
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Jamik
- Дата публикации: 03.09.2015 13:05
klass
ofarin klass,zòr,
Klass
Ofarin klass
Achinarli bir xato ortida 4 taqdir halokati
Zur gap yuq

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz