Saytni Yuklab bo'lmadi
Xikmatli sözlar
Woldemor
2016 » May » 22
Xikmatli sözlar

Agarda senda kuchli xotira bo‘lsa va unda alamli xotiralar qolib ketgan bo‘lsa, bilginki sen olamdagi eng baxtsiz insonsan!
Tog‘ cho‘qqisi kabi bo‘lma, insonlar ko‘zingga kichkina bo‘lib ko‘rinadi, sen ham ularga kichkina ko‘rinasan
Bilganlaringni hammasini gapirishing shart emas, lekin hamma gapirgan narsalaringni bilishing kerak
Quduqning ichiga tupurma. Bir kun kelib undan ichasan
Laqablar buyuklik olib kelmaydi, balki insonlar laqablarga buyuklik olib beradi
Agar bir olma yerga tushsa, hamma odamlar : “Yerga olma tushdi”, deydi. Faqatgina bir kishi “Nima sababdan tushdi?”, deydi.
Do‘st uchun qurbon bo‘lish qiyin emas, lekin qurbon bo‘lishga arziydigan do‘st topish qiyin
Hayot katta-kichik toshlarga to‘la. Sen ularga qoqilma, balki ularni to‘plab bir zina bino qil va bu zinadan muvaffaqqiyat sari ko‘taril
Bir tomchiga ham beparvo bo‘lma
Inson hamma sotib olgan narsasini sotib yuborishi mumkin, lekin ko‘ngil qo‘ygan qalbini sotib yubormaydi
Gohida inson o‘zini oddiy bir inson deb his qiladi. O’sha paytda boshqa bir inson uchun butun olamdek tuyuladi
Kim Allohni sevsa unga hamma narsa chiroyli ko‘rinadi
Inson hayoti xuddi ichiladigan qahva kabidir. Uni qancha ko‘p ichsa ham shirin ta’mni his qilaveradi
Jannat ahli hayoti dunyoda Allohning zikrini qilmay o‘tgan damlariga nadomat qilgani kabi boshqa narsaga nadomat qilmaydilar
Do‘stlik soyabon kabidir. Yomg‘ir kuchaygani sari unga ehtiyoj ortib boradi
Yashashing uchun seni birgina qalb sevsa kifoya
Hamma narsa ko‘paygan sari arzonlashadi, ammo odob qancha ziyoda bo‘lsa qimmatlashadi
Xohlaganingday yasha,baribir o‘lasan. Xohlagan odamingni sev, baribir undan ajralasan. Xohlaganingdek amal qil,o‘shanga yarasha mukofot olasan
Ko‘zdan yosh oqib turgan vaqtda kulishing eng katta beodoblikdir
Eng to‘g‘ri xafalik yig‘lab turgan ko‘zlardagi tabassumdir
Yomg‘ir tomchisi toshni o‘yadi. Takrori sababli, qo‘polligi bilan emas
Ezgu fazilat dunyo xazinalarining eng qimmatbahosidir
Yomonlikni o‘z qalbingdan sug‘urib tashlash orqali birovning qalbidan ketkaz
Inson dushmanni do‘st deb bilishi yaxshi, lekin dushmanni do‘stga aylatirishni xohlamasdan, qalbida dushmanchilikka joy qoldirmasligi undan ham yaxshi
Yiqilish ayb emas, lekin turolmaslik ayb
Yasminni ming marta o‘ldirsak ham uning shirin xidi atrofga taralaveradi
Odamlarni farishta deb bilma, orzularing barbod bo‘ladi. Ularga ko‘r-ko‘rona ishonma, bir kun kelib soddaliging uchun yig‘laysan
Bir toshga ikki marta qoqilish sharmandalikdir
Zakovatni chegarasi bor, lekin jinnilikning chegarasi yo‘q
Dushman zarbasi jismni qon qiladi, do‘stning zarbasi qalbni qon qiladi
Insondagi ko‘z yoshi bejizga yaratilmagan, Alloh mahzunlik iztirobini biluvchidir
Yutqazsang ham harakat qilishing sharaf uchun kifoya
O’tmish xatolaringni ko‘p o‘ylama, ular o‘tmishingni jahannamga, kelajagingni esa o‘tinga aylantiradi. Ularni bir marta eslashing yetarli, shuni o‘zi senga to‘g‘ri yo‘lda yurishing uchun turtki bo‘ladi
Har qanaqa ne’matga hasad qilinadi
Insonning odobi oltinidan yaxshiroq
Kim senga yomonlik qilishingda yordam bersa dushmaningdir
Do‘stlik qoyadir, uni faqatgina xiyonat parchalay oladi
Agar boyo‘g‘lida yaxshilik bo‘lganda ovchilar uni ovlagan bo‘lardi
Biz o‘zimiz bilmaydigan narsalar haqida ko‘p gapiramiz
Insonning o‘zi haqidagi fikrlari, boshqalarning fikrlaridan muhimroqdir
Ona qiziga o‘z eridan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan juft topishni xohlaydi. Va u ishonadiki, o‘g‘li hech qachon o‘ziga onasidek juft topolmaydi
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 22.05.2016 11:56
Yaxshi xikmatlar

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz