Saytni Yuklab bo'lmadi
Xitoylik 3 kozlilar kala suyagi topildi
Ilyos
2015 » Oktyabr » 3
Xitoylik 3 kozlilar kala suyagi topildi

Urumchidagi qadimiy bosh suyaklari ko'rgazmasi xitoylik ekspertlarni boshi berk ko'chaga kiritib qo'ydi. Ko'rgazmadagi barcha 68 ta odam boshi suyagida kelib chiqishi noma'lum bo'lgan teshikni – “uchinchi ko'zni” ko'rish mumkin. Arxeologlar bu teshiklarning kelib chiqishi borasida turlicha fikrlar bildirmoqdalar.
Barcha bosh suyaklari 1986-1989 yillar davomida Sintszyandagi qazuv ishlarida topilgan, deb xabar bermoqda TASSaxborot agentligi. Bosh suyaklarning yoshi 2200-2800 yil deb baholanmoqda.
Olimlar kriminalistlarga yordam so'rab murojaat qilishmoqchi, ehtimol ular bosh suyaklardagi bu shikastlanishlarning kelib chiqishini aniqlashga muvaffaq bo'lishar.
Hozircha esa olimlar bosh suyaklardagi teshiklar Xitoyning shimoli-g'arbida yashagan turli jangovor qabilalar o'rtasidagi janglarda olingan jarohatlarning izlari deb taxmin qilmoqdalar.
Boshqalar esa bu teshik Sintszyanda yashagan aholining hayotini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan jarrohlikning izlari deb hisoblamoqdalar. Ular bunga misol qilib uzoq o'tmishda atsteklar va Janubiy Amerikaning ba'zi xalqlari amalga oshirgan operatsiyalarni keltirmoqdalar. Bunday operatsiyalardan keyin odamlar hech narsa bo'lmagandek yashashda davom etaverishgan.
Bundan tashqari, bosh suyagining marosimiy ochilishi haqida ma'lumotlar mavjud bo'lib, unga ko'ra tibetlik rohiblar “uchinchi ko'zni” ochish maqsadida uni o'ziga xos texnologiya bo'yicha ochganlar.
Hozirda ham “uchinchi ko'z” bilan bog'liq turli tajribalar uchrab turmoqda va ular har doim ham beshikast o'tmaydi. AQShlik rassom Vaf Bilol o'zining ensa qismiga o'rnatgan kamerasidan voz kechishga to'g'ri kelgan – shunchaki uning organizmi “uchinchi ko'z”ni qabul qilmagan.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Ilyos
- Дата публикации: 03.10.2015 23:18
Rasm bölsa zör bölar edi
Nimaga rasm yoq ???

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz