Saytni Yuklab bo'lmadi
Xotirani kuchaytirishning 9 qoidasi
Woldemor
2016 » Aprel » 4
Xotirani kuchaytirishning 9 qoidasi

Miyamizni doim ishlashga majburlasak, xotiramiz mustahkamlanadi!
Ko`pincha inson eshitgan narsasining 30 foizini 20 daqiqadan so`ng, 50 foizini esa yarim soat ichida unutar ekan. Bu holat esa barcha uchun noqulaylik tug`dirishi tabiiy. Agar siz ham xotirangiz susaya boshlaganini sezsangiz, quyidagi tavsiyalar yordamida uni mustahkamlashingiz mumkin...
1.Turli mashqlar.
Krossvordlarni echish, aqliy hisoblash, mantiqiy misollarning javobini topish, she`r yodlash, chet tillarin o`rganish – bularning barchasi miyani ishlatishning eng samarali usullari hisoblanadi. Bu mashqlarni muntazam bajarib tursak, xotiramiz anchagina yaxshilanadi.
2. Uzum sharbati.
Agar ovqatlanish rasionimizga uzum sharbatini qo`shsak, xotiramiz faoliyati 20 foizga yaxshilanadi. Faqatgina bu qora uzum bo`lishi kerak. Bu sharbat tarkibida miya hujayralarini yoshartiruvchi juda ko`p antioksidantlar bor.
3. Jismoniy faollik.
Piyoda yurish, mayda qadamlar bilan yugurish, raqsga tushish - bu harakatlar tanani chiniqtirib, xotirani mustahkamlaydi. Bunday faol harakatlar miyamizga kislorod ko`proq miqdorda borishini, yodda saqlash kuchayishini ta`minlaydi, yangi kletchatkalar ochiladi.
4. Suhbatlashish, muloqot.
Kimningdir telefon raqami, manzili, ismini ovoz chiqarib takrorlasak, miyamiz bu ma`lumotlarni yozib olishdan ko`ra tezroq qabul qiladi.
5. Uyqu
Yaxshi uyqu – salomatligimiz garovi. Miriqib, xotirjam uxlaydigan odamlar uzoq umr ko`rishadi. Uyqu vaqtida organizmimiz bo`shashadi, erkin bo`ladi. Bundan tashqari, uyqu vaqtida tanada yoshartiruvchi gormonlar ishlab chiqarilishi kuchayadi. Tiniqib uxlaydiganlar uyqusizlikdan qiynaladiganlarga qaraganda ma`lumotlarni 2 marta ko`proq yodda saqlab qoladi.
6. Hordiq
Miriqib hordiq chiqarish, uqalash va shunga o`xshash mashg`ulotlar diqqatni jamlashga yordam beradi. Va natijada xotira ham yaxshilanadi.
7. Ko`zlar uchun mashq.
Agar har kuni ertalab ko`zlarimizni u yoqdan bu yoqqa 30 soniya davomida harakatlantirsak, xotiramiz 10 foizga yaxshilanadi. Bu tan olingan fakt. Bu usul miyamizning ikkala yarim shari bir-biri bilan uyg`unlikda ishlashiga imkoniyat yaratadi.
8. Ovqatlanish.
Sog`lom va to`g`ri ovqatlanish kuchli xotiraga ega bo`lishga imkon beradi. Buning uchun antioksidantlarga boy bo`lgan brokkoli karami, ismaloq, turli yong`oqlar, sitrus mevalar, lavlagi, uzum, qora olxo`ri kabi mahsulotlarni doimiy ravishda iste`mol qilish lozim.
9. Vitaminlar.
Bu borada V vitamini eng zaruri. Vitamin V12 etishmasligi natijasida xotira susayishi yoki yo`qolishi ham mumkin ekan. Tarkibida yuqoridagi vitaminlar bo`lgan baliq, go`sht, tovuq go`shti kabilarni iste`mol qilish miyaning yaxshi ishlashiga yordam beradi. S va E vitaminlari ham xotira uchun zarur. Aterosklerozga chalinmaslik uchun turli yog`lar, margarin, sariyog`ni kamroq iste`mol qilishimiz kerak. Bir sutkalik iste`mol qilinadigan yog` miqdori 90 g.dan oshmasligi lozim.
Aqlli bo`lishning oddiy usullari
Noodatiy o`qish
Qo`lingizga qalam va o`zingizga yoqqan matnni oling. Matnni o`qiy boshlang va ravon o`qib borgan joyingizgacha qalamni ham yurgizing. Keyingi gal yanayam tezroq o`qishga harakat qiling, tezda ko`zlaringiz bu vazifaga ko`nikadi, o`zingiz esa yanayam ko`proq ma`lumotni o`zlashtirasiz va bu miyangiz uchun ham foydali mashq.
Oldindan bilib oling.
Keyingi gal, biror qiziqarli maqola o`qimoqchi bo`lganingizda avvalo avtor nima haqda yozganligini o`ylab ko`ring, keyin informasiyani mutolaa qilishni boshlang. Neyrofiziologlar fikricha, bu holatda miyamiz ma`lumotlarni taqqoslash barobarida kuchli quvvat bilan ishlay boshlaydi.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 04.04.2016 08:55

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz