Saytni Yuklab bo'lmadi
Yaqin
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 27
Yaqin

Qiyomat yaqinlab qolgani ayon, Ayollar erlarning libosin kiymish, Avrat-u, xayoning ko‘chasin toptab Xatto mayin bo‘lib so‘zlamay qo‘ymish. Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan Kunlar boshimizda turibdi qarang. Atrofning yalong‘och turgan holiga Ko‘taramiz xatto boshimiz arang. Tuyaning o‘rkachin tasvirlab go‘yo Jannatning hididan voz kechgan ayol Nahot umri bo‘yi vaqt topib bir tun O’ziga bir bora bermagan savol: "Xoy, men kim o‘zi, jinsim ne erur, Yarasharmi menga shu yovuz xilqat? Ayollik libosin bir chetga otib Asl go‘zallikdan ayrildim faqat, Bolamning nigohi menga yovqarash, Erimning ko‘nglida yo‘qolgan xohish. Men qancha urinmay, aslimdan shuncha Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush... Ovozim erkakcha, yurishim g‘alat, Shimning o‘rtasida yig‘laydi hayo. Ajabo, shunchalar xorlik bo‘lurmi, Tubanlik bo‘lurmi, do‘stlar, ajabo???"Ayolning ko‘nglida insofi bo‘lsa, Ushbu savollarni berardi bir tun, Hech qursa o‘zidan qochib boryotgan O’g‘illari uchun, qizlari uchun... Afsus, ushbu holga faqat ayolmas, Balki erlarning ham ayblari mavjud. Rashk o‘tin o‘chirgach zino-yu faxsh-la, Dayuslik kasbiga ko‘rar taraddud. Nardadan boshini ko‘tara olmay, Ayollarga turmush yuklagan qopin Odamdan yaxshilik ko‘rmoqchilarga Ayturmiz olimlar qilgan xitobin: "Ular o‘zlarini erkak desalar, Dunyoda eng katta bo‘lurlar kazzob, Chunki nikoh kuni bergan ahdiga Qilmishlar hiyonat, berolmay javob. Ularda mag‘rurlik asli yo‘q xislat, Ularni iymon ham aylamish xalos. Ularning egnidan joy olgan ko‘ylak Faqatgina tashqi ko‘rinish, xolos. Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo‘ldi, Yaxshilar ko‘ngildan yig‘lab o‘tmishlar Ayolin ko‘chaga qo‘yganlar bugun Ertaga bolaga ko‘krak tutmishlar, Hali bu ketishda vazifalar ham O’zgararmi ayol, er nasli uchun, Go‘yoki quyoshning tunda chiqishi, Oyning otishi-la ochiladi kun...
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 27.03.2016 23:55
Yo‘q, do‘stlar, iymon bor, ishonch bor ekan, Bunga yo‘l qo‘yilmas hech qachon, hech vaqt. Har kim o‘z fitrati, o‘z tabiati Amriga binoan yashamoqlik - baxt". Hadisdan oddiy bir xulosam shulki, Ko‘r qilar bu ko‘zni qamashtirganlar Aslida qiyomat kunin tezlatar Ana o‘shanday jins almashtirganlar.

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz