Saytni Yuklab bo'lmadi
Yashi
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 13
Yashi

Siz mana bu savolni tez-tez eshitasizmi:
“Ishlar qalay?”,
Qanday oddiy bularning bari…
–Ishlar qalay?
–Hammasi yaxshi.
Vannada o‘tirib, onang eshitmasligi
uchun suvni ochib qo‘yib yig‘laysan.
Bu yaxshi…
–Ishlar qalay?
–Hammasi yaxshi.
Yaxshi, kechasi bilan ko‘z yoshlaringni yostig‘ingga tomizasan, ertalab
yuzingni yuvib hech narsa
bo‘lmagandek yurasan.
Yaxshi, derazang ostida tanish
odamlarning kulgusini eshitish.
Ko‘rinishidan “Do‘stlar”. Hursandchilik
avjida, seni unutishdi, chaqirishmadi.
Aniq nima uchun? Senga kimdir SMS yozadi…
–Salom, ishlar qalay?
–Yaxshi.
–Uydamisan?
–Ha.
–Nega uyda o‘tiribsan? Nima uchun sayrga chiqmading? –Bilmadim, xohlamayman...
–Nima bo‘ldi?
–Hech nima. Hammasi yaxshi.
Qachondir yaqining bilan
arazlashganingda. Qachondir uni
yo‘qotganingda. Senga og‘ir bo‘ladi.
–Ishlar qalay?
–Hammasi yaxshi.
Qachondir yolg‘izlikda qolsang,
hayotdan to‘yib ketsang:
–Ishlar qalay?
–Yaxshi"
Qachondir sen bilan nimadir sodir bo‘lsa: Onang bilan urushib qolsang yoki kimdir vafot etsa.
–Ishlar qalay?
–Hammasi yaxshi.
Kimnidir sevsang, u deb aqldan
ozsang va keyingi kun uni eng yaqin do‘sting bilan ko‘rsang.
–Ishlar qalay?
–Yaxshi.
Do‘stlaring tashlab ketsa, azoblashsa, ustingdan kulishsa. Hech kim e’tibor bermasa, yordamga kelmasa.
–Ishlar qalay?
–Hammasi yaxshi.
Sevganing bilan suhbat paytida, seni sevmasligini, ayriliqni taklif qilganini eshitsang. Yuzingda yosh dumalasa, u
eshitmasligi uchun, yostig‘ingni olib yuzingga bossang.
–Qalaysan?
–Yaxshi. Hammasi yaxshi.
Agar, kimdandir qachondir
so‘rasangiz:
–Ishlar qalay?"
Va sizga, hammasi yaxshi, deb javob berishsa – ishonmang!
Unda hammasi yomon bo‘lishi
mumkin, shunchaki u bu haqida
gapirishni xohlamaydi, yoki yolg‘on
do‘stlardan qo‘rqadi
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 13.02.2016 03:03

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz