Siz mana bu savolni tez-tez eshitasizmi: “Ishlar qalay?”, Qanday oddiy bularning bari… –Ishlar qalay? –Hammasi yaxshi. Vannada o‘tirib, onang eshitmasligi uchun suvni ochib qo‘yib yig‘laysan. Bu yaxshi… –Ishlar qalay? –Hammasi yaxshi. Yaxshi, kechasi bilan ko‘z yoshlaringni yostig‘ingga tomizasan, ertalab yuzingni yuvib hech narsa bo‘lmagandek yurasan. Yaxshi, derazang ostida tanish odamlarning kulgusini eshitish. Ko‘rinishidan “Do‘stlar”. Hursandchilik avjida, seni unutishdi, chaqirishmadi. Aniq nima uchun? Senga kimdir SMS yozadi… –Salom, ishlar qalay? –Yaxshi. –Uydamisan? –Ha. –Nega uyda o‘tiribsan? Nima uchun sayrga chiqmading? –Bilmadim, xohlamayman... –Nima bo‘ldi? –Hech nima. Hammasi yaxshi. Qachondir yaqining bilan arazlashganingda. Qachondir uni yo‘qotganingda. Senga og‘ir bo‘ladi. –Ishlar qalay? –Hammasi yaxshi. Qachondir yolg‘izlikda qolsang, hayotdan to‘yib ketsang: –Ishlar qalay? –Yaxshi" Qachondir sen bilan nimadir sodir bo‘lsa: Onang bilan urushib qolsang yoki kimdir vafot etsa. –Ishlar qalay? –Hammasi yaxshi. Kimnidir sevsang, u deb aqldan ozsang va keyingi kun uni eng yaqin do‘sting bilan ko‘rsang. –Ishlar qalay? –Yaxshi. Do‘stlaring tashlab ketsa, azoblashsa, ustingdan kulishsa. Hech kim e’tibor bermasa, yordamga kelmasa. –Ishlar qalay? –Hammasi yaxshi. Sevganing bilan suhbat paytida, seni sevmasligini, ayriliqni taklif qilganini eshitsang. Yuzingda yosh dumalasa, u eshitmasligi uchun, yostig‘ingni olib yuzingga bossang. –Qalaysan? –Yaxshi. Hammasi yaxshi. Agar, kimdandir qachondir so‘rasangiz: –Ishlar qalay?" Va sizga, hammasi yaxshi, deb javob berishsa – ishonmang! Unda hammasi yomon bo‘lishi mumkin, shunchaki u bu haqida gapirishni xohlamaydi, yoki yolg‘on do‘stlardan qo‘rqadi