Saytni Yuklab bo'lmadi
Yaxshiyam sen borsan 2
Crash
2015 » Noyabr » 15
Yaxshiyam sen borsan 2

5
- Odamlar qayerda, nima ish bilan mashg'ul deb so'raymiz goho bir birimizdan Yusuf.
Mana ular qayerda ekan! Dedi hayratlanib Zulayho.
- Asti gapirma!
- Dunyoda shuncha o'zgarib ketdimi a, Yusuf?
- O'zi shundaymasmidi Zulayho?
- Bo'ldi, siqilib ketdim bu yerda yurak ketamiz!
Dedi qiz yana uch-to'rt do'konni aylanib chiqach.
- Hech nima olmading-ku?
- O'zi hech nima kerakmasdi-da.
-hech nima kerak bo'lmasa ham kirdikmi?
- ha nima qipti? Bir aylanib yurakning chegalini yozaylik dedimda.
- Yozildimi o'sha cheval?
- Qayda battar chuvalashdi, chamasi.
6
Ular alanglashib chiqishni qidirishdi. Lekin ordona qolgur, ha deganda ko'zga tashlanavermadi. U yoq-bu yoqqa yurib ko'rishdi. Chiqishdan darak yo'q.
- Chiqish qayerda? - so'radi Yusuf o'tib ketayotgan bir olazarak kishidan.
- Chiqishni bilmadimu kirish bu tomonda - dedi qo'li bilan ishora qilib, so'ng o'zi kabi behalovat olomonning ichiga singib ketdi.
Yusuf yaqinroqdagi do'kon sohibining oldiga bordi. Keyin o'sha yerdagi ikki-uch xaridordan so'radi. Ajab, hammasidan bir xil javob o'ldi. Shunda yigit va qiz Haydon bo'lib bir birlariga qarashdi. Aftidan chiqishni o'zlari qidiradiganga o'xshaydi. Burning uchun do'konlar tugagan joyga borib devor bo'ylab yurishdi. Lekin devorning ham har joy har joyidan eshik ochilgan bo'lib, qadam bosishlari bilan yana bir savdo rastasiga duch kelishaverishdi. Lekin birortayam chiqishni yo'q edi ularning. Uzoqdan katta-katta chiqishni bo'lib ko'ringan hamma darvozalarga parvonalardek o'zlarini urishdihamki, urunishlari zoye ketdi. -ularning bari kirish bo'lib chiqdi. Hamma joyda kirish bor edi, Chiqish esa yo'q. Yusuf va Zulayho nafas rostlab vaziyatni obdon o'ylab olish uchun chiqishni qidirishdan bir pas tinib qahvaxonaga kirishdi. Qahvaxona chekkasiga kottakon samavar qo'yilgan bo'lib, choyxonachi mo'ysafedroq kishi ekan. 
- Assalom aleykum.
- Valeykumassalom.
- Bitta qahva va bir choynak achchiq ko'k choy bersangiz.
- Marhamat.
- Zulayho qahvadan Yusuf bo'lsa choydan ichib, chanqoqlariyu o'pkalarini andak bosib olishdi. Pulini to'larkan Yusuf mo'ysafeddan asta so'radi: - Amaki, bozorga kifishga kirdigu ammo hech chiqib ketolmayapmiz, chiqishi qayerda o'zi bu yerning? 
- Mo'ysafed o'zini Yusufni eshitmaganga bo'lib, pulini oldiyu qo'lidan choynakni chayqash bahonasida Bari ketdi. Yusuf Zulayhoga qarab yelka qisdi. Zulayho uf tortib o'rnidan turdi. Yusuf o'tirib tur degandek imo qildi. O'zi bo'lsa choy xonachini ketdi. Mo'ysafed qayrilib qarshisida yana Yusufni ko'rdim.
- Yana choymi?
-ha!
Mo'ysafed indamay endi tozalagan choynakni qaynoq suvda chayib choy damladi. Yusuf choynakni olarkan sekingina shipshidi: chiqishni aytmaguningizcha bu yerda ketmaymiz choy ichaveramiz. So'ng Zulayho tomonga yurdi. Zulayho yig'lamoqdan beri bo'lib o'tirar. " Qaydanam bozorga kiramiz dedim!" Deya o'zini o'zi koyir, siqilardi.

Davomi bor...

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Crash
- Дата публикации: 15.11.2015 21:37

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz