Saytni Yuklab bo'lmadi
Yil yakunlari ( Oltin Globus ) 2-qism
Woldemor
2016 » Yanvar » 12
Yil yakunlari ( Oltin Globus ) 2-qism

Eng yaxshi dramatik serial
"Mister Robot" (Mr. Robot) seriali "Eng yaxshi dramatik serial" yo'nalishida "Oltin globus" mukofotini qo'lga kiritdi. Bu yo'nalish g'olibligi uchun "Imperiya" (Empire), "Taxtlar o'yini" (Game of Thrones), "Narko" (Narcos) va "Boshqa yurtlik" (Outlander) filmlari ham da'vogar edi.
Eng yaxshi komedik serial
"Junglidagi Motsart" filmi (Mozart in the Jungle) eng yaxshi komedik serial sifatida "Oltin globus" mukofoti bilan taqdirlandi. "Apelsinrang - mavsum xiti" (Orange Is the New Black), "Kremniy vodiysi" (Silicon Valley), "Vitse-prezident" (Veep), "Shartlarsiz" (Casual) filmlari ham bu yo'nalish g'olibligi uchun da'vogar bo'lgandi.
Eng yaxshi musiqa
Tarantinoning "Jirkanch sakkizlik" filmi eng yaxshi musiqa uchun "Oltin globus" bilan taqdirlandi. Film kompozitori, 87 yoshli italiyalik Ennio Morrikone bundan oldin ham "Oskar" mukofotini qo'lga kiritgandi.
Karantinoning filmi bu yo'nalishda "Kerol" (Carol), "Omon qolgan" (The Revenant), "Daniyalik qiz" (The Danish Girl) va "Stiv Jobs" (Steve Jobs) filmlarini ortda qoldirdi.
Eng yaxshi komedik film
Britaniyalik rejissyor Ridli Skottning "Marsianin" (The Martian) filmi eng yaxshi myuzikl sifatida "Oltin globus" bilan mukofotlandi. Bu yo'nalish uchun raqobatda "Joy" (Joy), "Shpion" (Spy), "Komplekslarsiz qiz" (Trainwreck) va "Katta qisqarish" (The Big Short) kabi nomlarni uchratish mumkin edi.
Eng yaxshi animatsion film
Pixar studiyasining "Jumboq" (Inside Out) lentasi eng yaxshi animatsion film deb e'tirof etildi.
Pixar studiyasining "Yaxshi dinozavr" (The Good Dinosaur) animatsiyasi hamda "Anomaliza" (Anomalisa), "Snup va kinodagi mayda-chuydalar" (The Peanuts Movie) va "Qo'zichoq Shon" (Shaun The Sheep Movie) multfilmi ham shu nominatsiya g'olibligi uchun da'vogar edi.
Xorijiy tildagi eng yaxshi film
«Xorijiy tildagi eng yaxshi film» yo'nalishida Laslo Nemeshning «Saulning o'g'li» kartinasi «Oltin globus»ga loyiq deb topildi.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 12.01.2016 09:07

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz