Saytni Yuklab bo'lmadi
Yo Qadringni Bilmadimmi
Woldemor
2015 » Dekabr » 18
Yo Qadringni Bilmadimmi

Nega qochding mendan Hayot
Yo qalbimdan quvladimmi?
Qoldirmading menga najot
Yo ajalimni poyladingmi?
Haqiqatni tushuntirding
Yo o’ngimda tush undirding
Yig’lab meni tushun deding
Yo bularni bilmadimmi?
Sevgim chin deb ishontirdim
Hayotim deb quvontirdim
Qo’llaringga qalbim tutib
Aytganingga ko’nmadimmi?
Chimirilmasin qalam qoshing
Xam bo’lmasin mag’rur boshing
To’kilmasin ko’zdan yoshing
Degan niyat qilmadimmi?
Ishonchingdan ko’prik qurib
Sadoqatingdan devor urib
Haqiqatingdan yaralgan suvga
Yuz-qo’limni yuvmadimmi?
Ishongan bog’im eding-ku san
Suyangan tog’ing edim-ku man
Bir bora esladingmi bularni san?
Yo bular ham yolg’onmidi?
O’rtaga qo’yib imon-u nidoni
Tilga olib Parvardigor—Xudoni
Aytmagin also-zinhor "Alvido”ni
Degan gaplar ham yolg’onmidi?
Ketmoqchiydim sendan kechib
Yoki o’z-o’zimdan qochib
Yo’ldan qo’yib quchoq ochib
Ketma deb zor bo’lmadingmi?
Qusur izlading izlarimdan
Xato axtarding so’zlarimdan
Xiyonat izlab yuzlarimdan
Biror ayb topganmiding?
Sendan oldin edimmi xo’r?
Yoki sen-la bo’ldimmi zo’r?
Yorug’ kunda bo’lib shabko’r
Ketma deb xor bo’lmadimmi?
Agar kerak bo’lsa bu jon
So’ra: aylay senga qurbon
Lek javob ber menga shu on
Tomirimda qon bo’lmadingmi?
Nega ketding? Yana shu savol
Mening sevgim keldimi malol?
Qadr istading mendan lekin
Yo qadringni bilmadimmi?
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Woldemor
- Дата публикации: 18.12.2015 09:00

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz