Saytni Yuklab bo'lmadi
Yozolmayapman
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 15
Yozolmayapman

Yuragim bir joyda to'xtab qolganday,
Aqlu xushim uyquda tush ko'rayotganday.
Bo'g'zimga suyak kelib botayotganday,
Ko'nglimni xech kimga ocholmayapman.
Bir satr sherni ham yozolmayapman.
To'lin oyning nurlari taralmay qoldi,
Erta tongda quyosh chiqib isitmay botdi.
Kechalari yostiqqa bosh qo'yganim bilan,
Ko'nglimni xech kimga ocholmayapman.
Bitta sherni eplab yana yozolmayapman.
Qish kelganda parcha parcha qorga aylandim,
Bahor chog'i gullab turgan bog'da yayradim.
Yozda issiq saratonda kuyib sarg'ayib,
Kuzning tilsiz xazoniga aylanib qoldim.
Sherimni ham yozolmayin o'ylanib toldim.
Bir kunim har kuni aylanayotgandek,
Soat millari ham yurmay qolgandek.
O'tkir tig'li qalam ila yozay desam sher,
Ko'nglimni qog'ozga ham yozolmayapman.
Oq qog'ozni yaralab sher bitolmayapman.
G'aflat vujudimni qamrab olganmi,
Hayotim men uchun yo tugaganmi.
Manosiz kunlarim sanab o'tsamda,
Ko'nglimni xech kimga ocholmayapman.
Mazmunli baxt to'la sher yozolmayapman..!
Поделись с друзьями:

- Добавлен: zulfi-yuksel
- Дата публикации: 15.02.2016 03:01

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz