Saytni Yuklab bo'lmadi
Yozuvlarda inson ichki dunyosi aksi
ARAMIS
2015 » Sentyabr » 9
Yozuvlarda inson ichki dunyosi aksi



Inson ruhiyati juda murakkab, hozirgina
hayotdan mamnun bo‘lib turgan
do‘stingiz biron noxush xabarni eshitgan
zahoti darhol g‘azab otiga minib olishi
mumkin. Yoki doimo xushnud kayfiyatda
yuradigan yaqiningizga hazil qilsangiz,
u hazilingizni tushunmay sizdan xafa
bo‘lib qolishi ham mumkin. Shu o‘rinda
savol tug‘iladi, nahotki ko‘p yillardan
buyon do‘stimning fe’l-atvorini tushunib
olmagan bo‘lsam?! Bu borada
ruhshunoslar insonlarning ichki dunyosini
o‘rganish borasida ko‘plab tadqiqotlar
olib borganlar. Quyida mutaxassislarning
tadqiqotlariga tayangan holda yozuv
orqali xarakterni aniqlash to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni taqdim etamiz.

E’tibor bergan bo‘lsangiz ba’zi insonlar
katta harflarda, ba’zilar aksincha kichik
harflarda yozishadi, ayrimlar bo‘lsa
bosma harflarda yozishga odatlanishgan.
Demak, ma’lumotlarimizni o‘qib,
yaqinlaringizning fe’l-atvorini yanada
yaxshiroq bilib olishingiz mumkin.

So‘zlar orasida bo‘sh kataklar ko‘p
bo‘lsa – bunday yozuv sohib yoki
sohibasi o‘zini yolg‘iz his qilyapti. U
yaqin do‘stga, sirdosh insonga muhtoj.
Bunday insonlardan sadoqatli do‘st
chiqadi.

Tartibsiz yozadiganlar - turmushini u
qadar yaxshi nazorat qila olmaslikni
bildiradi. Ular doimo yaqinlarining qo‘llab-
quvvatlanishlariga muhtoj bo‘lishadi. Shu
bilan birga ular kuchli iqtidor egasi
hamdirlar.

Katta harflarda yozadiganlar -
birozgina tartibsiz, jahldorroq, lekin
yaqin kishilarini ko‘z qorachig‘idek
asrashadi. Ko‘ngilsizliklarni tezda unutib
yuboradilar.

Juda kichik harf ("chumoli”) - o‘ziga
ishonchi past inson, ehtiyotkor, realist,
texnika bilan tez til topishadigan
insonlardir.

Uzun harflar - estetika, mardlik,
qobiliyatdan dalolat beradi. Shuningdek,
bunday yozuv egalari adabiyotga mehr
qo‘ygan kishilardir.

Semiz harflar – ochiqlikni bildiradi.

Raqamlarga o‘xshash harflar -
o‘qimishli, sabrli va biroz sovuqqonlikning
belgisi.

Qog‘ozga siyoh ko‘p tomizilgan ,
surkalgan joylar ko‘p bo‘lsa - bundaylar
noziktabiat, kutilmagan, ajoyib ishlarni
bajarishga moyil.

Harfdagi belgilarni tashlab yozish -
yolg‘iz qolib, o‘ziga xizmat
ko‘rsatolmaydi, o‘ziga nisbatan bee’tibor.

Ilgaklarni gajak bilan yozish - qarorni
oson va tez qabul qiladilar. Nazoratni
yaxshi ko‘radilar, qonunlarga bajonidil
amal qiladilar. Shuningdek, ular optimist
bo‘ladilar.

Ilgakni uzun tushurish - zavq-shavqni
bildiradi.

Ilmoq uchlari o‘tkir - haqqoniylik va
ochiqlik.

Xattotlar xatiga o‘xshash - fantaziya
kuchliligi, qobiliyatlilikdan dalolat.
Qo‘rqoqlik va beqarorlikni ham bildiradi.

Bezaklarsiz , oddiy, so‘zlar orasida bo‘sh
kataklar hammasida bir xil tashlangan
bo‘lsa, harflarning shakli ham deyarli bir
xilligi - aql ustuvorligidan dalolat.

Harflar bir-biri bilan bog‘langan , qo‘lcha
hosil qilgan bo‘lsa - o‘z fikrini hurmat
qilishdan dalolat.

Yengil, ortiqcha kuch va harakatsiz
yozuv - xarakteri ham yengil, hayotdan
rozi, birovga quloq tutuvchi va
ergashuvchi, mehribon.

Kerakmas paytda, masalan so‘z
o‘rtasidagi harflarni ham kattada yozish,
ko‘p joy tashlash - quvnoq, hazillarni
yoqtiradigan, sevgi va orzuga moyil,
shuningdek, matematik qobiliyatga ega.

O‘ng tomonga og‘ishtirib yozish - faol va
orzularga boy.

O‘ng tomonga juda ham ko‘p egilgan,
natijada oxirgi harflar deyarli ko‘rinmay
qolgan, bir qarashda titrab yozilganga
o‘xshasa – ta’sirchanlik, titrab yozish -
talabchan, go‘zallikka mehri baland,
dangal, ayni vaqtda qo‘rqoq.

To‘g‘ri qilib yozadiganlar - xarakterida
qo‘rquv yo‘q.

Yozuv aniq, o‘qishga oson, harflar bir-
biriga bog‘langan bo‘lsa - bu
mehnatkash, ishlarni chin dildan qilish,
ba’zida pessimist, bunday odamlar
gohida ochiq gapirib, qo‘pollik ham qilib
qo‘yadilar.

Chap tomonga og‘ishtirib yozish - erkin
emaslik, doimiy xarakteri yo‘q, aniq
qadamni qo‘ya olmaydi. Lekin bunday
odamlar juda mehribon bo‘lib, ulardan
sadoqatli do‘st chiqadi.

Kichik qog'ozga ko‘p narsa sig‘dirish
(tejamkor usul) - buning iqtisodga daxli
yo‘q. Aynan shunday yozadiganlarga
o‘zboshimchalik yot bo‘ladi.

Harflarni qisqartirish , qator ohiridagi
so‘z yoki harflarni pastga tushib ketish -
o‘rta bo‘ylilarga xos.
Oq-sariqdan kelgan, malla sochlilarning
yozuvi aniq, did bilan yozilgan bo‘ladi.

Harf va so‘zlari mayda, cho‘zilmagan.
Qator chizilmagan varaqqa ham tekis
yozadi. Bundaylarning ko‘pchiligining
husnixati chiroyli bo'ladi.

Qora sochlilar ulardan farqli ravishda
qator chizilmagan joyda tepaga chiqib
ketadi. Uning husnixatida chiroyli
yozishga urinishlar sezilib turadi. U bosh
harflarni bilintirib yozadi, ba’zan keraksiz
joyda ham bosh harfni ishlatadi.

Davlat ishida ishlovchi kishilar harflar
formasiga e’tiborsiz yozishadi. Aksincha
yozadiganlar esa ko‘pincha ishchi,
hunarmand, xizmatchilarga tegishli
bo‘ladi.

Qator chizilmagan qog‘ozga yozganda
pastga tushib ketish shoirlarga xos.

Grafologiyada kuzatilgan yana bir holat:
tikuvchining husnixati chiroyli bo‘ladi.
Поделись с друзьями:

- Добавлен: ARAMIS
- Дата публикации: 09.09.2015 13:23
Juda yaxshi
KLASS
Klass
man tushunmadim
Fikringizni baham ko'ringlar!

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz