Saytni Yuklab bo'lmadi
Yuragim yarim
Malika
2015 » Dekabr » 1
Yuragim yarim



Yuragim yarim beparvo yorim
Поделись с друзьями:

- Добавлен: Malika
- Дата публикации: 01.12.2015 22:41
Shunday do'st top u sening,  
Pulingga do'st bo'lmasin.
Sovg'ayu salomingga,  
Gulingga do'st bo'lmasin.  

Shunday do'st top yiqilsang,  
Tepib o'tib ketmasin.  
Mansab yo ayol uchun,  
Seni arzon sotmasin.  

Shunday do'stlarni ko'rdik,  
Arzimas do'st deyishga,  
Bilolmaysan ularga,  
Nima deb nom qo'yishga.  

Shunday do'st top boringda,  
Yo'g'ingda ham do'st bo'lsin.
Boshinhdan omad ketgan,  
Chog'ingda ham do'st bo'lsin.

Shunday do'st top otang ham,
Qilmagan ishni qilsin.
Akang ukang bo'lmasa,
Yoningda tayanch bo'lsin.  

Shunday do'stlarni ko'rdik,
Arzimagan gapni deb.  
Yashaydilar qasdlashib,
Bir birini go'shtin yeb.  

Shunday do'st top ko'rganlar,
Otangga rahmat desin.
Do'stingga qaraganda,
Sening kimliging bilsin.

Shunday do'st top bir o'zi,
O'ntani o'rnin bosar.
Ortiqcha ig'volaru,
G'iybatlar yo'lin to'sar.
Bo'lar edi bizniki bahor,
Qo'l ushlashib shodumon yursak.
Kamroq kamroq xafalashib yor,
Tezroq tezroq uchrashib tursak!

Qiynamasdi yolg'izlik jabri,
Oshgan sayin mehrning qadri,
O'ldirmaydi sog'inchning zahri,  
Tezroq tezroq uchrashib tursak.

Ko'z ko'z qilib quvonchko'ylakni,
Ko'rishmoqlik dilda istakmi,
Taftin bosin yongan yurakni,  
Tezroq tezroq uchrashib tursak!  

Qo'llarimiz gumon tutmishmi,  
Ming savollar jonga botmishmi,  
Unutaylik endi o'tmishni,
Tezroq tezroq uchrashib tursak!

Ko'ngil o'zi darddan bezorku,
Ozorlardan bu yurak xorku,  
Bizlarni ham haqqimiz borku,  
Tezroq tezroq uchrashib tursak.  

Muhabbat bu dildagi titroq,  
Zulmat dilga ishqing bir chiroq,
Imkon bersang sen ko'proq ko'proq,  
Tezroq tezroq uchrashib tursak!

Ko'ngli yaqin o'zi olisim,
O'zimdek bir kuygan yolg'izim,
Nima deysan axir azizim,
Tezroq tezroq uchrashib tursak
sizni sogindim.....

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz