Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Boshqalar siz haqingizda qanday o'ylaydi???

Assalomu aleykum Moqina.Net saytining mushtariylari, dunyoda shunday inson borki u bilan suhbatlashganingizda sizga kulib turadi ammo siz haqingizda nimalarni o'ylayotganini bilmaysiz. bugun sevimli portalingiz sizga boshqalar siz haqingizda qanday o'yda ekanligini taqdim etadi. Sizlar bilan birga Oydin Abdullayeva...

Qo'y Burji:
Bu birj egalarini boshqalar quvnoq va ko'mik inson deb xisoblashadi shu bilan birga ular badavlat bo'lmasalar ham ularni yurgan yo'lida pul topadi deb o'ylashadi. Qolaversa bevafo, bittasi bilan oxirigacha sevishmaydi deb ham o'ylashadi. G'am va tashvishi yo'q o'ylashadi. Lekin bunday insonlar bilan suhbatlashib o'tirishni xush ko'rishadi. Bu burjda tug'ilgan insonlarni ko'pchilik bir suhbatlashib ko'rmaguncha yomon inson deb o'ylashadi....

Buzoq Burji:
Bu burj egalarini ko'pincha yovoyi deb ham o'ylashadi. Aksariyat hollarda bu burj egalari bilan suhbatlashgan odam zerikib ham qoladi. Lekin odamlar bu burj egalariga yaqinlashishga ham urinishadi, bu buzoqqa yoqmasa ham. Bu burj egalariga uchragan juftlarining aksariyati bevafo ham bo'lishadi. Lekin bu burj egalarini ko'pchilik sadoqatli deb ham o'ylashadilar.

Egizaklar Burji:
Bu burj egalarini ko'pchilik beg'am deb ham o'ylashadi, garchi ularning g'ami bo'lsa ham. Ko'p holatlarda boshqalar ularning g'amini shunchaki deb ham qarashadi. Egizaklar aqlan katta bo'lsa ham boshqalar yoshboladey qarashadi. Lekin ko'pchilik bu burj egalaridan qo'rqishadi ham. Egizaklar bilan aksariyat do'stlari shunchaki kafu-safo uchun yaqinlashishadi ham. 

Qisqichbaqa Burji:
Bu burjda tug'ilgan insonlarni ko'pchilik yerga urishni aldab tashlab ketishni xush ko'radilar. Bu burj bilan aksariyat insonlar qo'pol darajada xazlashadilar. Qisqichbaqani bir xil jins vakilidan boshqa jins vakillari to'g'ri tushunmaydilar. Qisqichbaqani tarallo qilib yuribdi shuni o'rniga manabu kamini qilsa bo'lar edi deb ham o'ylashadi.

Arslon Burji:
Bu burj egalarini ko'pchilik oq ko'ngil, ko'nglida kiri yo'q ham deb o'ylashadi. Ammo bir dushamng bo'lgan insonlar bu burj egalariga qayta-qayta zarba berishdan charchashmaydi. Ko'pchilik yaqinlari arsolndan maslahatlar olishni yashashni o'rganishadi. Ko'pchilik insonlar arsolni faxm-farosatlid eb o'ylashadi. Bundan tashqari bu burj egalarini ko'pchilik oilani boshqarolmaydi deb ham o'ylashadilar...

Parizod Burji:
Bu burj egalariga ko'pchilik ish buyurishni xush ko'radilar, bundan tashqari bu burj egalarining tanqidlari boshqalarning xiqildog'iga ham tegadi. Ammo parizodning tartibliligiga ko'pchilik havas bilan qaraydi. Lekin bu burj egalari xato qilishsa aksariyat yaqinlari ranjishadi, chunki bu burjdan xato qilishini ko'pchilik kutmaydi.

Tarozi Burji:
Bu burj egalariga ko'pchilik yaqin bo'lishni xush ko'radilar, ortidan g'iybat ham qilishadi. Bu burjning istarasi issiqligi ko'pchilikni o'ziga qaratadi. Ammo soddaligini bilishgach kimdir ustidan o'z panohiga olmoqchi ham bo'lishadi. Bu burjga aksariyat insonlar dardini aytishni xush ko'rishadi.

Chayon Burji:
Bu burj bilan suhbatlashgan insonlar o'zlarini sexrlanganday xisoblashadilar. Biroq ularga o'z qadrini ustin qo'yishi yoqmaydi. Bu burj bilan janjalashib qolgan insonlar ko'pincha og'ziga nima kelsa aytib xaqoratlashni xush ko'radilar. Biroq kimdir maqataydigan bo'lsa boshqa maqtamaslikka aht qiladilar, chunki maqtovlardan bu burjni xissiyotlari uyg'onmaydi. Bu burjdan maslahat so'ragan insonlar yaxshigina hafa ham bo'lishadi.

O'qotar Burji:
Bu burj egalari bilan do'stlashish juda oson, boshqalar u haqda ko'pincha yaxshi fikrda ammo olifta, mehnatni uncha xushlamaydi deb ham o'ylashadi. Bu burj egalarining ko'p dangal gaplaridan do'stlarining jahli chiqadi yoki jimgina hafa bo'lishadi. Bazida bu burjni yoshbola ham deb o'ylashadi.

Tog' Echkisi Burji:
Bu burjda tug'ilgan insonlarni ayyor, pulni sevuvchi ham deb o'ylashadi. O'zini sevadi, biron bir ishdan foyda qolmasa u ishni bajarishmaydi deb ham o'ylashishadi. Do'stlari ko'pincha bu burj egalariga og'ziga kelgan xaqoratli so'zlarni ham aytishni yoqtirishadi. Sevgan insonini bu burj egasi o'z harakteri orqali sovutadi, yani beetborlik qilib...

Qovg'a Burji:
Bu burjda tug'ilgan insonlarni aqli pas, faxmi yo'q, va tayyoriga ayyor deb ham o'ylashadi. Bundan tashqari pul topishni bilmaydi, o'qishni ham xushlamaydi deb ham o'ylashadi. Bu inson bilan ko'pchilik janjalashganida qo'rqmay va keyinini o'ylamay haqoratlaydilar. Ochig'ini aytganda bu insonga ko'pchilik pas nazar bilan ham qarashadi. 

Baliq Burji:
Bu burj egalarini xatto ayol bo'lsa ham boshqalar erkak, u pulni g'amlab qo'ygan deb o'ylashadi. Bazida esa odamlar bu burj egalariga qoil ham qolishadi. Agar bu burj egalari biron mish-mishli gap tarqatsa bu burj egalaridan boshqalar ortdan turib o'ch olishadi. Ko'pchilik bunday burj egalariga iltimos qilishni xush ko'rishadi, sababi bu burj egalari iltimoslarini yerda qoldirmaydi. Keyin esa yani ishlari bitganidan ekyin bu burj egalariga salom berishga gam qiynalishadi.

Mana shunaqa gaplar do'stlarim, Moqina.Net sevimli portalingizda qoling, sizga atalganlari hali oldinda....

Oydin Abdullayeva

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.05.2016 11:28
- Категория: Burjlar Haqida Qiziqarli
Рекомендуем
Zor yaxwi chiqdi
man quy burjida tugilganman
Tug'ri O'qotar
tugri ciqdi lekin,
рахмат ! Малумот яхши экан !
Zo'r maqola ekan, burjlar haqida ko'proq maqola chiqyapti

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz