Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Asad (23 iyul- 23- avgust)

Asadlar uchun eng muhimi – muomala. Saovg’aning topshirilishi emas, olib kelinishi ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonga mumkin qadar tantanali tus berish lozim: gullar savatda bo’lmog’i, mehmonlar yarim doira shaklida turishi, Asad esa o’rtaga qo’yilgan orom kursida (taxtga joylashgandek) o’tirishi maqsadga muvofiqdir, ya’ni keyin qo’shimcha sovg’alarni berishingiz mumin bo’lsin.
 
 Tabriklash marosimi faqat yubiley munosabati bilan o’tkazilmasin. Ulkan guldasta, sovg’a esa zarxal  qog’ozga o’ralgan bo’lishi joiz. Kapalaknusxa tugun tarzida bog’langan bunday hadyaga bejirim guldasta ilova qilsangiz, Asad yanada quvonib ketadi. Umumiy bayramlar, deylik, yangi yil ayyomida ham unga sovg’ani tantanali tarzda taqdim eting.
 
 Sovg’a sifatida Asadlarga dam olish to’g’ri keladi, (ular belini bukib ishlash uchun tug’ilmagan). Yana bir gap: ushbu burj vakillari zerikarli qutlovlarni yoqtirmay, yorqin, quvnoq qutlovlarni hush ko’radilar. Mamnuniyat bilan sizdan san’at asarini qabul qilib oladilar, chunki o’zlarini san’atni qadrlovchi xisoblashadi ( xaqiqatdan ham shunday fazilatga ega).
 
 Ayol Asadlarni zeb – ziynatlar hech qachon bezdirib qo’ymaydi, shunga qaramay, jo’n taqinchoqlarni emas, balki o’zlarining burj maqomlariga hos tarzda nodir jihozlarni lozim ko’radilar. Ularning didini inobatga oling. Nafis bo’lsa-da, bir  qarashda yoqimsiz tassurot qoldiradigan ko’rimsiz jihoz Asadning nozik ko’ngil torlarini chertmaydi. Uning uslubi – qirollarga hos! Yorqinlik, tantanavorlik, tilla, judabo’lmasa, zarhal…
 
Sovg’a olayotib Asadlar go’daklardek hursand bo’lishadi. Shunday ekan, ularga bolaliklarining bir bo’lagini va hotirasini tuhfa eting. Asad uchun sovg’a harid qilar ekansiz, ularga o’yinchoqlar va bolalar quvonchiga sabab bo’luvchi hadyalar manzur bo’lishini hisobga oling.
 
 Darvoqe, sovg’aning ko’zga tashlanadigan burchagiga Asadning ismi va familiyasining bosh harflaridan chirmashtirib tuzilgan bezak yozdirishni unutmang. Chunki Asad o’z ismi bilan g’ururlanadi, unga nomi qayta – qayta bitilgan tilla qog’ozni taqdim etsangiz, qalbiga eng maqul yo’l topgan bo’lasiz. Asadga o’zining to’liq nomi tovlanib  turadigan arzimas sovg’a hadya qilsangiz ham u nihoyatda quvonadi, buning natijasi o’laroq, ushbu tuhfangiz ko’zga ko’rinhadigan joydan o’rin oladi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 16.08.2015 00:40
- Категория: Burjlarga Qarab Sovg'a Tanlash
Рекомендуем
ha tog‘ri

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz