Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Mezon (24 sentabr – 23 oktabr)

Ayol – Mezonlarga nima sovg’a qilish mumkin? O’z aqliy salohiyatini ustalik bilan pinhon tutayotgan haqiqiy ayolga nimaiki kerak bo’lsa, hammasini! Ko’zga ko’rinarli sovg’angizga yoqimli, mayda – chuyda bezaklarni ilova qilib unga berishingiz mumkin. Albatta, gullarni ham qo’shing. Qo’shningizning bog’idan yulqilab olingan tugunak piyozli gul yoki bo’takozlarni emas! Yaxshisi, guldastani chiroyli bezatish uchuyn ozgina vaqt va pul sarflang. Shunday bezatingki, g’unchalar to’silib qolmay, aksincha honim – Mezonga nisbatan nafosat va e’tiboringizni namoyon etib tursin.
 
Hech qachon bitta sovg’a bilan kifoyalanmang. Mezonlarning qiziqishi tez so’nadi, ana shuni inobatga oling. Eng samarali yo’li – uning uchun nafaqat pul, balki vaqt ham ajrating. Ana shunda Mezon bu kunni bayramdek qabul qiladi. Ayyomi munasabati bilan uni erta tongdanoq muborakbod eting. Gullar yuboring (asosiy sovg’angizdan tashqari). U bilan sayrga chiqishingiz ham mumkin. Oqshom chog’ida esa dilkash do’st sifatida kechqurun birga ovqatlaning.
 
 Erkak – Mezonlar ham ayollar kabi go’zallik shaydosi. Shu bois ularga berilajak sovg’a qalbiga hushvaqtlik ato etadigan etadigan darajada bejirim va , albatta, chiroyli bezatilgan bo’lsin. Sovg’a o’rami uning o’zi kabi kam ahamiyat kasb etmaydi.
 
 Umuman, hadya sifatida erkak – Mezonlarga badiiy salon esdalik sovg’alari mos keladi. Masalan, charm muqovali nafis yozuv daftari yoki qog’oz uchun feruz rangli taglik. Bo’yinbog’I to’g’nog’ichi yoki bo’yinbog’ning o’zi ham ularga yoqadi, faqat nafis bo’lishi kerak.
 
 Erkak – Mezonlar sevimli kishisini eslatib turadigan sovg’alarni yaxshi ko’rishadi. Bunday hadya faqat ikki kishiga ayon ishora tarzida tayyorlangan bo’lishi lozim. Su bois Mezonlarga sovg’a berish masalasida shoshilmang. Bu kabi sovg’alarni mazkur burjga taaluqli ayollar ham yoqtirishadi. Erkak –Mezonlarga, ayniqsa qiyin , chunki ular o’z burjlaridagi honimlarning sovg’a borasidagi didini boshqalardan ko’ra juda yaxshi bilishadi. Nima bo’lganda ham siz tuxfa etdigan hadyangizga qalbingizni qo’shib berishingizga to’gh’ri keladi, aks holda munosabatlar sovishi mumkin.
 
 Moddiy qiymatga kelsak, Mezonlarga qimmatbaho sovg’alar yoqadi. Ammo bundan tashvishga tushmang. Qimmat sovg’a olishni hohlamasangiz, guldasta harid qiling. Faqat uni ko’pchilik orasida Mezonga tuxfa eting. Bunday iltifotni u yuqori baholaydi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 16.08.2015 00:36
- Категория: Burjlarga Qarab Sovg'a Tanlash
Рекомендуем
100%bo`masada rost.burjim to`gri chiqdi!
05_w zorku togri chiqdi qoil
wu gapla endi to"rimikin iwongim keladiyu lekin bir xil gaplari yoqmadi mani burjim sunbula bo"laje turmuw o"rtog"imiki tarozi yani mezon lekin bza to"g"ri kemisla xayot bo"midi digan biza bir birimizani yaxwi ko"ramizakuuuu xayron qovoman
Ajoyib qiziqarli.

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz