Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qavs (23 noyabr – 21- dekabr)

Qavsga qandaydir orolga yo’llanma bering, daqat u o’sha yerda bo’lmaganiga aniq ishonch hosil qiling. O’zingizning yo’llanmangiz ham yodingizdan chiqmasin, biroq uni Qavsning qo’liga tutqazmang. Aks holda o’zi bilan safarga kimnidir ergashtirish haqida o’ylay boshlaydi – axir yo’llanmani berish orqali safarga jo’namasligingiz yoki imkoniyatingiz yo’qligini bildirgan bo’lasiz-da!Sunday ekan, yo’llanma bilan zavqlanishga yo’l qo’yib bergandan so’ng, uni qaytarib olib, hilvat joyga qo’ying. Keyin esa orolga ikkingiz borishingizni Qavsga tez – tez eslatib turing. Agar olis horij mamlakatiga yakka o’zingiz ketgan bo’lsangiz, sevimli Qavsingiz uchun qandaytdir qiziqarli sovg’alar oling: Kokos yong’og’i , marabu (laylaklarga mansub katta qush) pati… Darvoqe, birorta jonivorni olib kelmang tag’in, chunki o’sha jonzotga baribir o’zingiz qarashingizga to’g’ri keladi.
Qavsga u yoki bu mamlakat haqida ixcham ma’lumotnoma, kitob ham sovg’a qilishingiz mumkin. Darvoqe, o’z mutahassisligi yoki faylasufligiga aloqador kitoblarni Qavslarning aksariyati bajonidil qabul qiladi. Savlatli, qimmat bo’lsa nur ustiga a’lo nur.
 Qavsga sovg’angizni tantanavor ravishda topshiring. Ishi, hizmati, qadr – qimmati munosib taqdirlanishga loyiqligiga alohida urg’u qarating ( unutmang, Qavslarning yubileyi har yili bo’ladi). Uning sharafiga alohida madhiya yoki qasida tariqasidagi tabrik qog’ozini, albatta, ilova qilishingiz kerak. Sovg’ani mumkin qadar mehmonlar ko’p bo’lgan vaqtda taqdim etishingiz to’g’ri keladi. Qavsning ovoragarchilikka hojati yo’qligini aytgan gaplariga ishonmang: hadyalar berish chog’ida ular "uyg’onishadi” va barini qaytadan nishonlashadi. Barcha Qavslar nodir va aytib bo’lmasdir. Ularni kosmetika to’plami yoki shunga o’xshash sovg’alar bilan alday olmaysiz. Ixcham, foydali va ayni paytda urfga aylangan hadyalar tanlang

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 16.08.2015 00:40
- Категория: Burjlarga Qarab Sovg'a Tanlash
Рекомендуем
02_w 05_w Ko'nglimdagidek

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz