Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Burjingizga qarab ideal juftingizni toping

Har bir insonning jufti haqida o‘z ideal tasavvurlari bo‘ladi. Lekin ba’zida sevib qolgan insonimiz bizni nimasi bilan o‘ziga rom etganini o‘ylab o‘yiga yeta olmaymiz. Yulduzlar qaysi burj ostidan tug‘ilgan inson bilan munosabatlaringiz mustahkam bo‘lishini biladilar. Shu bois sizga o‘zaro mos keluvchi zodikal juftliklarning ro‘yhatini taqdim etamiz.

Tarozi va Arslon


Tarozi va Arslon burj vakillari juda dilkash bo‘lishadi. Ular turli bazmlarda qatnashishni va barchaning e’tiborida bo‘lishni yaxshi ko‘radilar. Arslon doim e’tibor talab bo‘ladi,Tarozi esa buni manmuniyat bilan bajaradi. 

Egizaklar va Tarozi


Ushbu burj vakillari doim bir-birlariga talpinadilar. Ularning munosabatlari doim qiziqarli va noan’anaviy bo‘lib, boshqa juftliklarnikidan ajralib turadi. Shuningdek, ular shunday samimiy munosabatda bo‘ladilarki, unda janjal va baxslashishga o‘rin qolmaydi.

Qo‘y va Qovg‘a


Ushbu juftlikga barchaning havasi kelishi aniq. Ular yaxshi va yomon kunlarda doim bir-birlarini qo‘llab quvvatlaydilar. 

Qo‘y va Baliqlar


Biroz passiv bo‘lgan Baliqlar, bor boshqaruvni Qo‘yga berishadi. Bu albatta Qo‘yga hush yoqadi Baliqlar esa o‘zlarini himoyalangandek his qilishadi. Shu sababdan ulardan bir-birini to‘ldiruvchi ajoyib juftlik chiqadi.

Qisqichbaqa va Baliqlar


Ushbu burj vakillar o‘ta ta’sirchanligi va arazchiligi bilan boshqa burjlardan ajralib turadi. Shunga qaramay bir-birlarini yarim so‘zdayoq tushinadilar va juftining ehtiyojlarini tezda bilib oliadilar.

Buzoq va Qisqichbaqa


Ushbu burj ostida tug‘ilganlar bir birini to‘ldiradi. Ularning orasida o‘zaro tushunish bor. Qolaversa ularning umumiy qadr-qimmati bu oiladir.

Buzoq va Tog‘ echkisi


Buzoq burj vakili mehnatkash va hazilkash Tog‘ echkisini, Tog‘ echkisi esa mehribon va sadoqatli Buzoq burj vakilini qadirlaydi.

O‘qotar va Qo‘y

O‘qotar vaqtini faol va hushchaqchaq o‘tqazishni yaxshi ko‘radi. Qo‘y esa tabiatan ko‘ngli ochiq va dilkash insondir. Shu sababdan ulardan ajoyib juftlik chiqadi.

Arslon va O‘qotar

O‘qotar burj vakiliga Arslonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, mardligi va har qanday vaziyatdan chiqib keta olishi juda yoqadi. 

Parizod va Tog‘ echkisi

Parizod burj vakili tortinchoq va jiddiy bo‘lishiga qaramay sodda va haloldir. Tog‘ echkisi uning bu hislatlarini qadirlaydi.

Qovg‘a va Egizaklar

Egizaklar Qovg‘aning ijodkorlik qobilyatidan zavqlanadi. Ushbu juftlik ko‘p to‘siqlarga ushrashiga qaramay, birgalikda mustahkam oila qurish imkoniyatlari bor. 

Arslon va Egizaklar

Ushbu juftlikning hayoti sarguzashtlarga juda boy. Faqat Egizaklargina Arslonni nazorat qila oladi.

Chayon va Arslon

Bu burj ostida tug‘ilganlarning hayotida juda ko‘p janjallar bo‘lishiga qaramay, bir-birini telbalarcha sevishdan to‘xtamaydilar. Sababi ular haqiqatdan ham bir-birlari uchun yaratilgan.

Juftliklarning munosabatlarini bir-biriga mos kelishini faqatgina yulduzlardan bilib olishning iloji yo‘q. Buning uchun, astrolog sizning tug‘ilgan yilingiz kuningiz hatto vaqtingizdan ham habardor bo‘lishi lozim. Yuqorida keltirilgan misollar esa burjlar o‘rtasidagi umumiy munosabatlarga asoslangan holda yozilgan.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 12.11.2017 15:49
- Категория: Burjlarning Mos Kelishi!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz