Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
50.000 Ming sum pul chiqgani rostmi?

Internetda yangi 10 ming so`mlik kupyura chiqarilayotgani haqidagi xabar yashin tezligida tarqaldi. Yangiliklarning isboti sifatida ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida yangi kupyuraning har ikkala tomoni tasviri tushirilgan rasmlar aks eta boshladi. Unda Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydoning surati va “Amir Temur tavalludining 680 yilligi” degan yozuv bo`lib, kupyuraning bir tomonida esa O`zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilib, lotin alifbosida “10 000 so`m” deb, yozilgan. Bunga nisbatan internet foydalanuvchilari turli xil fikrlar bildirishgan edi. Izohlarda turli farazlar ya`ni bu yil Amir Temurning 680 yilligiga bag`ishlanib yoki yurtimizda bo`lishi rejalashtirilayotgan yubiley sammiti munosabati bilan  yangi 10 ming so`mlik chiqarilishi mumkinligi bildirilgandi.

Biroq ayrim internet nashrlarida Markaziy bank mas`ul xodimlari 10 ming so`mlik kupyuraga oid mish-mishlarga oydinlik kiritib, uning muomalaga chiqarilishini inkor etishgandi.

YaNADA KATTA “IXTIRO”!

Ayni kunda esa yangi — 50 ming so`mlik bilan bog`liq shov-shuvlar “o`rgimchak to`ri”ni qamrab oldi va 50 ming so`mlik kupyura suratlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o`rtasida muhim yangilik sifatida rosa aylandi. Izohlar esa quyidagicha:

“Bugun “ok.ru”da shov-shuv — yangi 50 ming so`mlik chiqibdi…”,

“Tamom endi, 5 ming so`mlikdan ham katta pul chiqibdi, 50 ming so`mlik…”,

“… 10 ming so`mlik pul ham chiqqanku?…”

Bu kabi mish-mishlarga internet saytlarda turlicha munosabatlar bildirilmoqda. Xususan, ommabop saytlarning birida bu ham 10 ming so`mlik kabi internet foydalanuvchilarining yangi “ixtirosi”, xolos, deya ta`riflansa, surhon.com sayti esa video lavha orqali yangi so`mning qalbaki ekanligini asoslab beruvchi faktlarni keltirib o`tgan. Unda so`m raqami bilan naqshlar chaplanib  ketganligi ta`kidlanib, “ixtirochi” fotoshopda biroz xatoga yo`l qo`ygani “qistirib” o`tilgan.

HAQIQATMI YoKI SAFSATA?

Xullas, bunday asossiz qarash va xulosalarni uzoq davom ettirishimiz mumkin. Shunday ekan, tobora kengayib borayotgan mish-mishlarga soha mutaxassislari yordamida oydinlik kiritamiz. Xo`sh, yangi so`mlar haqiqatmi yoki safsata? Masalaga Markaziy bank matbuot xizmati oydinlik kiritadi:

—  Avvalroq 10 ming so`mlik kupyura borasida ham shunday asossiz xabarlar tarqalgandi. Endi esa 50 ming so`mlikning mish-mishlari paydo bo`ldi. Bunga javoban esa ayni paytda hech qanday yangi kupyura joriy qilinmayotganini aytish joiz. “Markaziy bank to`g`risida”gi Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasida yangi so`m joriy qilinsa, ijtimoiy tarmoqlar emas, balki eng avvalo ommaviy axborot vositalari orqali e`lon qilinadi.

ESLATIB O`TAMIZ

Hozirgi paytda O`zbekiston so`mining eng katta qiymatli kupyurasi 5 ming so`mlik hisoblanib, u 2013 yil 1 iyuldan muomalaga chiqarilgan.

Guvohi bo`lganingizdek, internet tarmoqlarida aks etgan yangi kupyuralar fotoshop mahsuli xolos. Biroq, “so`m” davlat belgisi hisoblanib, bu mavzuni hazilga yo`yish maqsadga muvofiq emas, deb o`ylaymiz.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 01.06.2016 23:21
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz