Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Boshqirdistonlik o‘smir uzluksiz 22 kun kompyuter o‘ynagani oqibatida vafot etdi

Boshqirdistonda 17 yoshli o‘smir 22 kun davomida uzluksiz kompyuter oldida o‘tirganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oyog‘idan jarohat olgan bola 8-avgustdan beri uyda bo‘lgan. 30-avgust kuni u hushini yo‘qotgan va kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan. Boshqirdistonlik bu bola 2014-yildan beri kompyuter oldida 2 ming soatdan ko‘proq o‘tirgan.

“Ota-onasi uyda bo‘lmagan vaqtda bola kompyuterda uzluksiz ravishda onlayn-o‘yinlar o‘ynagan va vaqti-vaqti bilan faqat uxlash uchun ekrandan uzoqlashgan”, — deydi Boshqirdiston tergov qo‘mitasi vakili Svetlana Abramova.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, bolaning o‘limini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi belgilangan.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 02.09.2015 01:47
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем
Kop otrishham zarar

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz