Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Braziliyada 6 nafar futbolchi issiq tufayli o'yin paytida hushidan ketib qoldi

Braziliya chempionatidagi o'yinlardan biri zaxirada o'yinchilar etishmasligi tufayli yakuniga etmay qoldi.

Piaui shahrining "Tiradentes" va Maranau shahrining "Vianlar" jamoalari o'rtasida 45 darajali issiq harorat ostida o'tgan o'yin vaqtida ko'p ham kuzatilmaydigan voqea ro'y berdi. Quyi liga doirasidagi ushbu uchrashuvda 7-daqiqadanoq mehmonlar darvozaboni issiq tufayli o'zini juda yomon his qila boshladi. Unga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.

Ko'p vaqt o'tmasdan "Vianlar" jamoasining yana bir futbolchisi maydonga qulagan. Uni maydon chetiga olib chiqishgan, lekin u o'ziga kela olmagan. O'yin davomida mehmonlarning qolgan vakillari ham o'zini noxush his qila boshlagan. Ulardan jami 6 nafari o'ziga kela olmagan. Natijada raqib jamoa safida o'yinchilar etishmasligi yuz berib, 83-daqiqada o'yin to'xtatilgan.

Bu vaqtda o'yinda "Tiradentes" 10:0 hisobida g'alaba qozonib turgandi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 26.09.2015 23:38
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем
nima bor edi issiq paytida fudbol oynab
10 ga nol vapshe ku

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz