Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
O'zbekiston Respublikasining Statistikasi!

Salom sevimli portalning sevimli foydalanuvchilari, sizlarga xozir buyuk vatanimiz O'zbekiston Respublikasining statistikasini taqdim etami. Shuni esdan chiqarmang bu statistika gov.uz saytidan olingan.

O'zbekiston respublikasidan aholi 2016-yilda 31.576.400taga yetgan. Jahon bankining 2014 yil yakunlariga ko‘ra aholi soni bo‘yicha mamlakatlar reytingida 189 ta mamlakat orasida yurtimiz 43-o‘rinda (reytingda O‘zbekiston aholisi 30,743 mln. nafar deb ko‘rsatilgan) qayd etilgan edi.

Jumladan Viloyatlar Aro:
1-O'rinda: Samarqand viloyati 3.514.800
2-O'rinda: Farg'ona viloyati 3.444.900
3-O'rinda: Qashqadaryo viloyati 2.958.900
4-O'rinda: Andijon viloyati 2.857.300
5-O'rinda: Toshkent viloyati 2.758.300
6-O'rinda: Namangan viloyati 2.554.200
7-O'rinda: Toshkent Shahri 2.371.300
8-O'rinda: Surxondaryo viloyati 2.358.300
9-O'rinda: Buxoro viloyati 1.785.400
10-O'rinda: Qoraqalog'iston Respublikasi 1.763.100
11-O'rinda: Xorazm viloyati 1.715.600
12-O'rinda: Jizzax viloyati 1.250.100
13-O'rinda: Navoiy viloyati 913.200
14-O'rinda: Sirdaryo viloyati 777.100ta axoli bor.

Jumladan bu aholining 50.1% erkaklar 49.9%ni ayollar tashkil etadi. Qishloq aholisini esa 48.8%ni Shahar aholisini 50.6%ni tashkil etadi.
2015-yilda 287.600ta nikoh tuzilgan, 29.600ta ajrim bo'lgan.

 

Davlat statistika qo‘mitasining 2015 yilning yanvar—dekabr oylaridagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarga bag‘ishlangan ma’ruzasida keltirilishicha, 2015 yilning yanvar—dekabrida tug‘ilganlar soni 735,8 mingtani tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (718,0 ming kishi) nisbatan 17,8 mingtaga ko‘paydi. Tug‘ilish koeffitsiyenti mos ravishda 23,5 promilleni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (23,3 promille) nisbatan 0,3 promillega ko‘paydi.

Hisobot davrida o‘lganlar soni 152,9 mingtani tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (149,8 ming kishi) nisbatan 3,1 mingtaga ko‘paydi. Mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,9 promilleni tashkil qildi (2014 yil yanvar—dekabrda — 4,9 promille).

O‘lganlar umumiy sonidan 58,9 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,6 foizi o‘sma kasalliklaridan, 5,9 foizi ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 5,4 foizi nafas olish organlari kasalliklaridan, 6,6 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning yanvar—dekabrida bir yoshga to‘lmagan 8,3 mingta bolalar o‘limi kuzatildi. Bolalar o‘limi koeffitsiyenti 11,4 promilleni tashkil qildi (2014 yilning yanvar—dekabrida — 10,8 promille).

Bir yoshgacha o‘lgan bolalarning umumiy sonidan 59,0 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 23,2 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 9,1 foizi – tug‘ma anomaliyalardan va 3,4 foizi infeksiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.

2015 yilning yanvar—dekabrida FHDYo organlarida 287,6 mingta nikoh va 29,6 mingta ajralish ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 9,2 ta nikoh (2014 yilning tegishli davrida – 9,6 ta) va 0,9 ta ajralishlar (2014 yilning tegishli davrida – 0,9 ta) to‘g‘ri keladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning yanvar—dekabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 139,6 ming kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 168,6 ming kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 29,0 ming kishiga (2014 yilning shu davrida minus 38,5 ming kishi) teng bo‘ldi.

Manba: Tafsilot.Uz

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 17.05.2016 23:53
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем
Ajoyib g'aroyibu.

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz