Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
O'zbekiston va Hindistonni o'zaro taqqoslashdi

Rossiyaning NTV telekanalida yakshanba kuni “Ikkilamchi standartlar. Bu yer sizga u yer emas” ko'rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi. Dasturni suratga olish ishlari O'zbekiston va Hindistonda bo'lib o'tdi.

Ko'rsatuv boshlovchilari hordiq chiqarishning ikkilamchi standartlarini o'zlarida sinab ko'rishdi. Shuningdek, ular O'zbekiston va Hindistonni oddiy sayyoh nigohi bilan taqqoslashgan.
 
Boshlovchilardan biri Toshkent, Marg'ilon, Buxoro hamda Samarqand shaharlariga bordi, O'rta Osiyodagi eng katta va eng qadimiy bozor – Chorsuni ko'zdan kechirdi. Shuningdek, u mashhur “O'zbekfilm” haqida so'zlab berib, taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov bilan uchrashdi. Bundan tashqari, boshlovchi Marg'ilondagi “Atlas bayrami”ga tashrif buyurdi. O'zbek palovining tayyorlanish sirlari bilan ham qiziqqan.

Ikkinchi teleboshlovchi esa Hindistonga borib, u yerdagi taomlarning achchiqligidan shikoyat qilgan. Toj Mahal va Go'ri Amir maqbaralari o'rtasidagi farq o'rganildi, mashhur Raj Kapurning studiyasiga ham tashrif buyurilgan.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 10.10.2017 19:44
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz