Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga uchib ketdi

Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, ikkinchi tur o‘yinini o‘tkazish uchun Qatarga jo‘nab ketdi.

Milliy terma jamoa charter reys bilan Dohaga yo‘l oldi. Jamoa a’zolaridan – Aziz Haydarov sonining orqa qismidan olgan jarohati sababli 6 sentyabr kuni Qatarga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinga bormaydigan bo‘ldi. Bu haqda The-uff.com yozmoqda.

Terma jamoaning 23 nafar futbolchisi “Al Saad” stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yinga yo‘l oldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatarga qarshi o‘yin uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Yegorь Krimets (“Beyjing Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay” – Xitoy), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” – Rossiya), Stanislav Andreyev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” – Qatar), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Salamat Qutiboyev (“Buxoro”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”)

Hujumchilar: Igor Sergeyev (“Beyjing Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” – Qozog‘iston)

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 05.09.2016 20:41
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz