Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
O’zbeknavo: «Xonanda Tamila endi sahnaga hech qachon qayta olmaydi»

Xonanda Tamila behayo videolari sabab endi sahnaga hech qachon qayta olmaydi. Bu haqda «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi bosh direktori Farhod Jo‘rayev «Podrobno. uz» saytiga shunday bayonot bergan:

«Tamila hech qachon litsenziyasini qaytarib ololmaydi, negaligini o‘zingiz yaxshi bilasiz».

Eslatib o‘tamiz, yil boshida juda ochiq-sochiq holatda tushgan va ko‘chaga yalang‘och yugurib chiqqan videolari tarqalgani bois Tamila «O‘zbeknavo» birlashmasi tomonidan litsenziyasidan mahrum etilgandi.

Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, u yaqinda xonanda bilan suhbatlashib ko‘rgach, litsenziyasini qaytarib berish fikridan qaytgan va Tamilaga shifokorga uchrashishni tavsiya qilgan.

— Menimcha uning bolaligida narsissizm bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘lib, bu uning qarashlariga qattiq ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Tamila yaxshisi, sahnaga emas, ruhshunosga chiqishi kerak, — deya qo‘shimcha qildi «O‘zbeknavo» rahbari.

2015 yilda «O‘zbeknavo» Tamilaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yuziga pirsing taqib olgan suratlari uchun litsenzisidan mahrum qilgandi. Noyabr oyida esa professional karerasini davom ettirishga ruxsat berilgan.

Deb xabar tarqatadi quydagi manba.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 12.07.2016 22:10
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем
Biz O'zbekmiz shanimizni bulg'aydigan harqanday bexayo ishlar bizga to'g'ri kelmaydi
Boplabsiz. Bizi ozbekchilidi yuzi bogan xonandala bunaqa qisa boshqalani tasavur qiliyabman

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz