Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
OFK: Qatar – O‘zbekiston uchrashuvi prevyusi

Bugun, 6 sentyabr kuni Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi ikkinchi tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu haqda The-uff.сom yozmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bu turda Qatar mehmoni bo‘ladi.  Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sayti ushbu o‘yin uchun maxsus prevyu taqdim etdi.

Doha: JCh-2018 saralashining uchinchi bosqichini Erondan qabul qilib olingan alamli mag‘lubiyat bilan boshlagan Qatar, kichik hisobda g‘alabaga erishgan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi ikkinchi turda o‘yin olib boradi.

— O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida birinchi bor, JCh saralashining uchinchi bosqichini g‘alaba bilan boshladi.
— Suriya bilan o‘yinni o‘tkazib yuborgan Yegorь Krimets O‘zbekiston terma jamoasida Qatarga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor.
— Eronga qarshi bahsda jarohat olgan Pedro Migel va Hasan Al-Haydoslarning maydonga tushishi so‘roq ostida.

— Daniel Karreno Qatar jamoasi a’zolarini Eron bilan o‘yinda qabul qilib olingan 0-2 hisobidagi mag‘lubiyatni unitishga chaqirdi.
— Samvel Babayan jamoa a’zolaridan harakter ko‘rsatishlarini so‘radi.

Murabbiylarning o‘yindan avvalgi fikrlari

Hose Daniel Karreno, Qatar

“Ozodiy stadionida Eron terma jamoasiga mag‘lubiyatga uchrashimiz bizni bosim ostiga solib qo‘ydi. Shuningdek, o‘zbekistonliklar Suriya bilan o‘yinda kichik hisobda bo‘lsa ham g‘alabaga erishgani bu bosimni yanada oshiradi. Bo‘lajak uchrashuv juda murosasiz o‘tishini taxmin qilish qiyin emas. Ammo, futbolchilarimiz uch ochkoga erishish yo‘lida jon jahdlari bilan o‘ynashlariga ishonchim komil”.

“Eron bilan bahsda darvozabonning qo‘pol xatolarini hisobga olmaganda, futbolchilarimiz qat’iyatli o‘yin ko‘rsatishdi va O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ham shunday ruhda maydonga tushishadi. Dastlabki safar o‘yinidagi mag‘lubiyatni unutamiz va navbatdagi o‘yinga butun e’tiborimizni qaratamiz. O‘z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida g‘alaba qozonishdan boshqa ilojimiz ham yo‘q”.

Samvel Babayan, O‘zbekiston

“Qatar bilan bahsda 3 ochkoni qo‘lga kiritmoqchimiz va agar futbolchilarimiz borini berib o‘yin olib borishsa, bu o‘yinda g‘alaba qozona olamiz. Umid qilamizki, omad biz tomonda bo‘ladi va O‘zbekistonga 3 ochko bilan qaytamiz”.

“Qatar ustidan g‘alaba qozonish oson bo‘lmaydi, chunki ular Eronga qarshi bahsda juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Biz kuchli jamoaga qarshi maydonga tushamiz”.

Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida o‘tkazilgan so‘nggi 5 ta o‘yin:

07/10/14 Qatar 3 – 0 O‘zbekiston
18/06/13 O‘zbekiston 5 – 1 Qatar
16/10/12 Qatar 0 – 1 O‘zbekiston
08/01/11 Qatar 0 – 2 O‘zbekiston
28/03/09 O‘zbekiston 4 – 0 Qatar

Jamoalarning so‘nggi 5 ta rasmiy o‘yinlari.

Qatar: M – G‘ – G‘ – G‘ – M
29/05/16 Albania 3-1 Qatar
08/08/16 Qatar 2-1 Iroq
18/08/16 Iordaniya 2 – 3 Qatar
25/08/16 Qatar 3 – 0 Tailand
01/09/16 Eron 2 -0 Qatar

O‘zbekiston: G‘ – M – G‘ – G‘ – G‘

29/03/16 O‘zbekiston 1 – 0 Bahrayn.
07/06/16 Kanada 2 – 1 O‘zbekiston
24/07/16 O‘zbekiston 2 – 1 Iroq
24/08/16 O‘zbekiston 1 – 0 Burkina Faso
01/09/16 O‘zbekiston 1 – 0 Suriya

JCh-2018 3-bosqich. 1-tur.

Eron 2 – 0 Qatar.Ozodiy stadioni. 78,000 muxlis.
Tehron shahridagi “Ozodiy” stadionida, Shri-Lankalik referi, Dilan Perera tomonidan ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda eronlik Rizo G‘uchanajjot 90(+4) va Alirizo Jahonbaxsh 90(+11) tomonidan urilgan ketma-ketligi Qatarni safardan quruq qo‘l bilan Dohaga qaytishiga sabab bo‘lgandi.

https://www.youtube.som/watsh?v=394ki9EmFhk

O‘zbekiston 1 – 0 Suriya. Bunyodkor stadioni. 35,000 muxlis.
Suriyaga qarshi kechgan o‘yinda, jamoaning faxriy a’zosiga aylanib borayotgan Aleksandr Geynrix asosiy vazifani bajardi. Ikkinchi bo‘lim avvalida, Qatar Yulduzlar Ligasining“Al-Jaish” klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidovning o‘rniga maydonga tushgan hujumchi oradan hech qancha o‘tmay Suriya darvozasini ishg‘ol qildi. Yakunda bu gol yagonaligicha qoldi va Aleksandr Geynrix o‘yin qahramoniga aylandi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 07.09.2016 10:11
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz