Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
“Otalar kuni” haqida bilasizmi?

Har bir soha va kasbning o‘z “kuni”, bayram sifatida nishonlanadigan sanasi bor. Ayollar va bolalar kunining taqvimda o‘ziga xos o‘rni mavjud. Shu bilan birga ko‘pgina mamlakatlarda oila boshlig‘i, turmush o‘rtog‘ining suyangan tog‘i, bolalarning asl himoyachisi sanalmish erkaklarning ham  “professional bayrami” belgilab qo‘yilganidan ko‘pchilik xabardor bo‘lmasa kerak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu bayramni nishonlashni birinchi bo‘lib 1909-yili AQShning Spokan shahrida istiqomat qiluvchi missis Dott (turmushga chiqquniga qadar Sonora Smart) taklif qilgan. Sonoraning oilasida 5 nafar farzand bor edi va onasi so‘ngi farzandni dunyoga keltirish chog‘ida vafot etadi. Bolalarga qarash oila boshlig‘i Uilyam Jekson Smartning o‘ziga qoladi.  Ota bor mehru e’tiborini bolalariga berib, yuvib-tarab, o‘stiradi. Sonora ulg‘ayib, otasining mashaqqatlari va jasoratini tushunib yetadi va shahar kengashiga yangi bayram belgilashni taklif qiladi. Shundan so‘ng shahar kengashi taklifni qanoatlantirib, 5-iyunni Uilyam Smartning tug‘ilgan kuni sifatida nishonlash haqida qaror qabul qiladi. Bayram tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqt qolmagani sababli, 19-iyun sanasiga ko‘chiriladi.

Faqat 1966 yilga kelibgina Amerikada Otalar kunini milliy bayram sifatida nishonlash boshlandi. O‘shanda AQSh Prezidenti Lindon Jonson iyunning uchinchi yakshanbasi umummilliy bayram sifatida nishonlanishini belgilaydi. Shundan so‘ng bu bayram ko‘plab mamlakatlarga yoyildi.

Otalar kunining an’anaviy ramzi qizil atirgullar bo‘lib, yurakning ustiga taqiladi. Otasi vafot etganlar oq, padari buzurkvori hayot bo‘lganlar esa qizil atirgul taqadi.  fathers-day

Finlyandiyada 50 yildan buyon noyabrning ikkinchi yakshanbasi Otalar kuni sifatida nishonlanadi. Shu kuni bog‘cha va maktablarda bolalar o‘z qo‘llari bilan otalariga turli sovg‘alar tayyorlashadi.

Estoniya Finlyandiyadan 1992-yilda o‘rnak oldi. Avstraliyada sentyabning birinchi yakshanbasi Otalarga atalgan. Braziliyalik otalar esa avgustning ikkinchi yakshanbasida bolalardan tabriklarni qabul qilib olishadi.

Tailandda Otalar kuni mamlakat qiroli tug‘ilgan kun—5-dekabrda nishonlanadi. Ispaniya va Portugaliyada esa otalar 19-mart sanasida o‘z bayramlarini nishonlashadi.

Internet materiallari asosida tayyorlandi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 29.08.2016 21:16
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz