Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Rossiya, Suriya, Iroq va Eron IShIDga qarshi kurash doirasida axborot markazi tashkil qildi

Rossiya, Suriya, Iroq va Eron IShID jangarilarining harakatlari to'g'risida o'zaro aloqada bo'lib turish uchun axborot markazi tashkil qilgan. Bu haqda o'z manbasiga asoslangan holda "RIA" Novosti xabar bergan.

"Rossiya Federatsiyasi, Suriya Arab respublikasi, Iroq respublikasi va Eron Islom respublikasi vakillari ishtirokida Bag'dodda IShIDga qarshi kurash doirasida axborot markazi tashkil etilgan", deyiladi xabarda.

Ushbu markaz xodimlari ma'lumotlar yig'ish, ularni tahlil qilish va natijalarni tezkor ravishda ko'rsatilgan davlatlarning bosh shtablariga jo'natish bilan shug'ullanishadi.

Qayd etilishicha, ushbu markazni Rossiya, Suriya, Eron va Iroq davlatlari vakillari 3 oylik muddat bilan navbatma-navbat boshqarib borishadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 26.09.2015 23:38
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz