Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Turkiya sohillarida jonsiz holda topilgan 3 yoshli suriyalik qochoqning surati dunyoni larzaga soldi

Suriyalik uch yoshli Aylan Kurdiy va uning akasi — besh yoshli Galip 2-sentabr, chorshanba kuni Turkiyaning Bodrum shahridagi qirg‘oqbo‘yidan jonsiz holda topildi.

Ular ota-onasi bilan urush domida bo‘lgan Suriyadan O‘rtayer dengizi orqali avval Gretsiyaga, u yerdan qarindoshlari yashaydigan Kanadaga yetib olmoqchi bo‘lgan, biroq yo‘lda bolalar onasi bilan birga halok bo‘lgan. Turkiyadan grek orollaridan biriga qarab harakatlanayotgan qayiqni katta to‘lqinlar ag‘darib yuborishi natijasida yana 14 kishi, jumladan yosh bolalar cho‘kib ketdi.

Turkiyaning Bodrum shahrida to‘lqinlar qirg‘oqqa chiqarib tashlagan uch yoshli Aylan va uning besh yoshli akasi Galipning fotosuratlari dunyodagi barcha OAVlar e’tiboriga tushdi va dunyo hamjamiyatini larzaga keltirdi.

Butun dunyo bo‘ylab rassomlar jonsiz holda sohilda yotgan Aylanning rasmini o‘ziga xos tarzda tasvirladi. Ularning ba’zilarini quyida ko‘rishingiz mumkin.

Shuningdek, o‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham voqea yuzasidan qizg‘in fikrlar bildirdi. Ulardan biri bor hislarini she’r orqali to‘kib sochdi:

Sohildagi go‘dak nidosi

Murg‘ak bu tanamga bo‘zlab yig‘lama,
Ko‘ngilni g‘ashlama, yurak tig‘lama.
Balki, yig‘la, ummat, ojizligingga,
Bo‘zla, insoniyat, nochizligingga.

Inson huquqidan so‘z ochma, bashar,
Loaqal jim turgin, insonsan, agar.
Nifoqu yolg‘onga to‘lgan, ey olam,
Bir nafas sukut qil, so‘zlayin men ham.

Dunyoga kelgandim, ko‘p vaqt bo‘lmadi,
Balog‘atga hali yoshim to‘lmadi.
Ota-onam bilan yashardim sokin,
Sevardim, o‘pardim vatanim xokin.

Men o‘ynab yurgandim mutlaq beozor,
Hech kimga ko‘nglimda yo‘q edi g‘ubor.
O‘zgalar oyog‘i bosh bo‘lmish bizga,
O‘z qo‘limiz yetmas hattoki tizga.

Aybimiz – qo‘rqarmish bizdan qo‘shnimiz,
Semizroq ekandir yana qo‘zimiz.
Banogoh uyimni tutdi bir olov,
O‘tinlar xo‘p yonar, ko‘rinmas kosov.

Bir-birin o‘mardi qadim qardoshlar,
Qo‘l-oyoq uzildi, kesildi boshlar.
Boshlarda aql yo‘q, ko‘z ko‘r, til soqov,
Qo‘l-oyoq xiyorsiz, bir-biriga yov.

Men olovdan qochib, cho‘kdim dengizga,
Dunyoni tark etdim, odamlar, sizga.
Dengiz ham vujudim yuta olmadi,
Dardimni ummon ham ko‘tarolmadi.

Suvining sho‘rligi ko‘zim yoshidan,
To‘lqinlar yuragim yutgan toshidan.
Bugun men yotibman sohilda sokin,
Yuzlarim o‘parmish o‘zga yurt xokin.

Ko‘z yoshimni dengiz yuvib yotibdi,
Boshimni to‘lqinlar silab yotibdi.
Mayli, jonsiz tanam ko‘rsin ham dunyo,
Vijdonsiz nigohlar tushmasin ammo.

Boshim silamasin, qilurman hazar,
Zolimga uzalgan qo‘l bo‘lsa agar.
Sovugan jasadim o‘pmangiz, zinhor,
Haqqa ochilmagan labdan etgum or.

Boqmang kimligimga, sabab so‘ramang,
Bir inson farzandi inson deb qarang.
Hali, ey insonlar, berasiz javob,
Murg‘ak bu jonimdan so‘ralur hisob.

Demangiz cho‘kmishdir jajji bir badan,
Islomiy hamiyat, insonlik cho‘kkan.
Jonim olib qochdim, borganim ajal,
Qorningiz to‘qlikdan yorilgan mahal.

Menku jannat sari uchdim qush bo‘lib,
Qardoshlarim asrang, ketmasin o‘lib.
Otam Ibrohimga yetishdim omon,
Sizlarni kutmasin Fir’avnu Homon.

Ko‘zni oching, qayting o‘zlingizga,
Bo‘ldi, rasm chizmang ko‘zligingizga.
Musulmon musulmon zulmidan qochsa,
O‘zgalar unga o‘z eshigin ochsa,

Arablar eshigin qoqmasa arab,
O‘zga ostonada tursa mo‘ltirab,
Ey Ummat, hayotdan kechganing yaxshi,
Dengizlarga cho‘kib ketganing yaxshi!

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 12.09.2015 18:39
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем
juda juda achinarli voqea, afsus
Sherni blmadim ammo bolaga rahmim keldi
Bola bechora
Ofarin zör chiqibdi ijodizga omad
Xa judayam achinarli ;-(
Хакикий шер деганлари мана шу булади маладес офарин
Juda achinarli wer judayam manoli chiqqan. Ofarin cry cry cry

1-10 11-11

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz